

Zidan mashg'ulot paytida Ronalduga jarima zarbalari bo'yicha bellashishni taklif qildi. Murabbiy shogirdiga qarata xazil tariqasida shunday dedi: "Qara va o'rgan".
Zidan o'zi tepgan jarima zarbalarining barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, ammo Ronaldu o'ntadan ikkita zarbani golga aylantira oldi. Mashg'ulot oxirida portugaliyalik Zidanga minnatdorchilik bildirdi va uning zarbalaridan hayratlanganini tan oldi.



