Zidan "Real" futbolchilari bilan videokonferenciya o'tkazdi
05 apr 2020 00:29
Yangiliklar
Zidan "Real" futbolchilari bilan videokonferenciya o'tkazdi
Bu haqida Ispaniyaning "Marca" nashri malum qildi.
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 3 aprel (juma) kuni jamoa o'yinchilari bilan videokonferenciya tashkillashtirgan. "Qirollik klubi" azolari anchadan buyon bir-biri bilan aloqa qilmagandi.
Zidan videokonferenciya vaqtida o'z shogirdlarini ruhlantirgan, ularning sog'lig'i bilan qiziqqan va mashg'ulotlarni xuddi klub bazasida bo'lgani kabi davom ettirishni iltimos qilgan. Franciyalik mutaxassis karantin vaqtida qo'l ostidagi futbolchilar bilan tez-tez shu usulda bog'lanib turishni rejalashtiryapti.
Fikrlar