Zidan qaysi tilni o'rganmoqda?

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023, 12:44
Fransiyalik murabbiyning ishga qaytish vaqti keldi.

"La Source Parisienne" xabariga ko'ra, Zinedin Zidan ingliz tilini faol ravishda o'rganish bilan band. U har kuni 4 soat darsda qatnashyapti.

Balki bu Zidanga "Chelsi"dan katta qiziqish bo'layotgani haqidagi mish-mishlarni tasdiqlasa kerak. Negaki, "ko'klar" murabbiyni o'zgartirishga qaror qilishlari mumkin. Grem Potter natijalarini qoniqarli deb bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, klublar miqyosida Zinedin Zidan faqat "Real"ni boshqargan. U 3 marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan va madridliklarni ikki marta Ispaniya La Ligasi g'olibiga aylantirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Source Parisienne