Zidan: "Legiya"ga qarshi o'yinda imkoniyatlar teng"
18 okt 2016 15:16
Yangiliklar
Zidan: "Legiya"ga qarshi o'yinda imkoniyatlar teng"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHL doirasidagi "Legiya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Legiya" bilan bo'ladigan bahsda "Real"ning imkoniyatlari teng. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rmog'imiz lozim. O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq raqibni muammolar girdobiga duchyor qilishimiz kerak.
Gollar katta mehnatlar orqali kiritiladi. SHu bois bellashuvning debyutidanoq ishga kirishishimiz talab etiladi. "Real"ga ochkolar suv va havodek zarur. Biz o'zimiz haqimizda qayg'urishimiz lozim va boshqalarning ishtirokiga qarab qolmasligimiz kerak.
"Betis"ga qarshi bahsda jamoamiz ajoyib o'yin ko'rsatdi. Futbolchilarning o'z ishlariga bo'lgan munosabatlaridan ko'nglim to'q. Biz juda ko'p ishlayapmiz. CHunki g'alabalar katta mehnat ortida yotadi. Hozir diqqatimizni faqat "Legiya"ga qarshi o'yinga qaratganmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar