

“Xafamiz, biroq bu hali hammasi emas. Ushbu bosqichda jang 90 daqiqa emas, balki 180 daqiqa davom etadi. Ha, mag'lub bo'ldik. Biroq jamoa o'yinida ijobiy jihatlarni ham ko'ryapman. Natija salbiy, biroq o'yinning katta qismida yaxshi o'yin ko'rsatdik. So'nggi daqiqalar esa rasvo kechdi. Endi Manchestyerda g'alaba qozonish kerak bo'ladi. Himoyadagi xatolar? Bu - futbolning bir qismi. Bu borada nimadir deyishim shart emas. Futbolchilarim maydonda bor kuchini berdi. Bizga diqqatni bir joylash xususiyati yetishmadi va buning uchun jazolandik”, - deydi Zidan.



