Zidan: "Guti "Real"da ishlashga qodir, u shunga tayyorlanmoqda"

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 17:51
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Qirollik klubi"ning yoshlari bilan ishlayotgan Gutining so'zlari haqida fikr bildirdi.

Oldinroq, agar "Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi bo'lishni taklif qilsa, Guti ishlashga tayyor ekanligini aytgan edi.

"Guti "Real"da ishlashga qodir. U hozir shunga tayyorlanmoqda. Uning o'zi bu haqda aytdi va Gutining so'zlariga ijobiy qarayman. U - "Real" odami, butun umr shu yerda. Guti "Real"ni boshqarishni orzu qiladi. Nega endi yo'q?" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca