So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  25 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

Zidan “Barselona” bilan 10 ochkolik farq haqida: “Men bunday bo'lishini kutmagandim” Yangiliklar

Zidan “Barselona” bilan 10 ochkolik farq haqida: “Men bunday bo'lishini kutmagandim”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Malaga”ga qarshi bahs oldidan jarohatlangan futbolchilari va chempionlik poygasi haqida gapirib o'tdi.

“Beylning tarkibda ekanligi meni quvontirmoqda. U kuchga to'la, tezkor va juda yaxshi to'p uzatishlarni amalga oshirmoqda. U jamoaga ko'p narsa bera oladi.

Muhimi u biz bilan birgi va maydonga tusha oladi. Bu gal Beyl formaga kirishi uchun ko'p vaqt talab etilmadi, chunki jarohat u qadar jiddiy emasdi.

Ramos borasida biz ertaga yakuniy qarorga kelamiz. Serxio qachon maydonga tushishga tayyor bo'lsa, o'shanda imkon beriladi. Bizda uning o'rnini bosadigan futbolchilar etarli. Men uni safda yo'q ekanligidan qo'rqayotganim yo'q, CHunki boshqa futbochlilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. 

“Real”ning chempionatdagi hozirgi mavqei? Bunisini men kutmagandim. “Barselona” va “Valensiya”dan qaysidir biri bu turda ochko yo'qotadi. Meni ko'proq o'z o'yinimizni ko'rsatib, uch ochkoni qo'lga kiritishimiz qiziqtirmoqda”, dedi Zidan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика