Joze Mourino: “Oldinda bizni mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan biri kutib turibdi”
01 noy 2013 16:51
Yangiliklar


Joze Mourino: “Oldinda bizni mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan biri kutib turibdi”
“CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino, premer-liga doirasida “Nyukasl”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirib o'tdi.
“Sent-Djeyms Park”da bizni mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan biri kutib turibdi. Biroq biz g'alabali seriyamizni davom ettirmoqchimiz.
Hozirda biror bir futbolchini zaxira o'rindig'iga qoldirishdan yoki uyida qolishga ruxsat berishdan foyda yo'q, - barcha o'ynashga haqli. Barcha o'yinchilarda jamoaviy ruh shakllangan. Bu esa o'yinda eng asosiysi”. – deya takidladi Mourino.

Fikrlar