Joleon Leskott: “Manchester Siti” bu mag'lubiyatga haqli emasdi
11 noy 2013 10:27
Yangiliklar


Joleon Leskott: “Manchester Siti” bu mag'lubiyatga haqli emasdi
“Manchester Siti” klubi himoyachisi Joleon Leskott, Angliya chempionati 11-turidan o'rin olgan “Sanderlend”ga qarshi o'yinni (0:1) izohlab o'tdi.
“Jamoa tushkun ahvolda. To'rtinchi yil manashu maydonda mag'lubiyatga uchrayapmiz, shu sababli bu erda odatdagidek o'yin namoyish etish qiyin.
Fikrimcha biz bu mag'lubiyatga haqli emasdik. Balki “Sanderlend”ning g'alaba qozonishga ishtiyoqi juda baland bo'lgandir, biroq nima bo'lganida ham biz o'yinni o'z qo'limizga olishimiz shart edi.
Bu qanday maydon hali ham tushuna olmayapman... Odatda jamoaning mag'lubiyatiga bazi xatolar sabab bo'lishi mumkin, biroq bugungi o'yinni hech qanaqasiga tushuntirib bera olmayman”, - deydi Leskott.

Fikrlar