Jizzaxlik muxlislar Samarqandga borishadi
14 may 2015 11:31
Yangiliklar
Jizzaxlik muxlislar Samarqandga borishadi
16 may kuni Samarqandda Dinamo-So'g'diyona uchrashuvi bo'lib o'tadi.
So'g'diyonaning jonkuyar muxlislari shanba kuni Samarqandda Dinamo jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Ular o'z sevimli jamoalarini stadiondan turib qo'llab quvvatlashni reja qilishgan. Bu ikki qo'shni shaharlar jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar azaldan ko'pchilikni etiboridan chetda qolmay kelgan. Bu ikkala jamoaning so'nggi turlardagi o'yinlariga etibor qaratadigan bo'lsak, Samarqanddagi uchrashuv ancha qiziqarli o'tishini tahmin qilish mumkin.
Futbolga befarq bo'lmagan muxlislarni 16 may, shanba kuni o'z sevimli jamoalarini Samarqanddagi stadionda qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz!
Fikrlar