So’nggi yangiliklar

13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  1 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  0 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  29 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  3 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  5 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  9 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  39 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  4 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  6 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  2 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  5

JCHga 12 kun qoldi. Meksika - 1970 Yangiliklar

JCHga 12 kun qoldi. Meksika - 1970

Angliyada bo'lib o'tgan mundialdan so'ng jahon chempionatida boshqa o'ynamayman degan Pele fikridan qaytadi va jamoasini chempionlik shohsupasiga ko'tara oladi.
Meksika yozgi olimpiada o'yinlarini alo darajada o'tkazgani uchun FIFA 1964 yili  bo'lib o'tgan kongressda ilk marotaba JCH mezbonligini SHimoliy Amerikaga beradi. SHu  kungacha jahon chempionatlariga uch marotaba Janubiy Amerika mezbonlik qilgan bo'lsa,  Evropada 5ta JCH o'tkazilgandi.

Bu safar Osiyo/Okeaniya va Afrikaga bitta yo'llanma beriladi. Musobaqani o'tkazish  tartibi o'zgarmagan edi. Jami 74ta mamlakat saralash bahslarida ishtirok etdi.  Yakunda Isroiol (Osiyo), Marokash (Afrika) va Salvador (Markaziy Amerika) ilk  marotaba mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi.



Salvador ishtirokidagi saralash o'yini o'sha yillari Salvador va Gonduras o'rtasida  urush boshlanishiga sabab bo'ladi. Aslida bu ikki mamlakat siyosiy tomondan kelisha olmayotgan bir paytda Salvadorning g'alabasi urush boshlanishiga bahona bo'ladi. 1969  yilning 14-20 iyul kunlari bo'lib o'tgan urush natijasida ikki tomonni qo'shib hisoblaganda 6 mingga yaqin kishi halok bo'ladi. Ular orasida tinch aholi ham ko'p edi.

Kun sayin taraqqiyotga erishayotgan mamlakatlarda texnika jadallik bilan rivojlanib  borayotgan edi. Ilk marotaba JCH-1970 rangli televizorlarda namoyish etildi.  Marketing tomonidan 70-yillarning o'zidayoq takomillashib bo'lgan JCH-70  tashkilotchilarini bugungi oliy ligamizga chaqirsak yomon bo'lmasa kerak. O'sha davrning  o'zidayoq barcha o'yinlarni TV orqali namoyish etish uchun har bir o'yin uchun mukammal taqvim ishlab chiqilgan edi. To'g'ri, bu terma jamoalar uchun noqulaylik tug'dirgan.  Ammo FIFA katta daromad olish bilan birga futbol taraqqiy etishida o'sha paytning  o'zidayoq poydevor qo'ya olgandi. 2011 yili Meksikada bo'lib o'tgan JCH barchamizning  yodimizda. Futbolchilarimiz issiqda rosa qizigan edilar. Endi tasavvur qiling,  aksariyat o'yinlar mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlangan edi.



Musobaqaning ochilish o'yinida Sobiq Ittifoq terma jamoasi 107 000 muxlisni o'z  bag'riga olgan Acteka stadionida maydon egalariga qarshi bahs olib borgan. Ammo  Meksika o'z maydonida, o'ziga tanish bo'lgan ob-havo sharoitida raqiblarini mag'lub eta olmaydi. 0:0 hisobida yakuniga etgan uchrashuvdan keyin mahalliy OAV Sobiq Ittifoq  terma jamoasi Meksikadan ko'ra ob-havoga tezroq moslashganligini piching qilib yozadi. Bu o'yinni tarix uchun yana bir ahamiyatli tomoni shunda ediki, ilk marotaba  FIFA jamoalarga bir o'yinda ikki martba zaxira futbolchisini tushirish imkoniyatini  beradi. SHu bilan birga, sariq va qizil kartochkalardan ham foydalanish yo'lga  qo'yiladi. Keyingi tur o'yinlarida Anatoliy Bishovec dubl muallifi bo'ladi. Guruhda ikkinchi o'rin Meksikaga nasib etadi.

CHorak finalda Urugvay terma jamoasi bilan to'qnash kelgan Sobiq Ittifoq terma  jamoasi hakamlarning xatosi tufayli mag'lubiyat alamini tortadi. "Acteka" stadionida  soat 12:00da boshlangan uchrashuvning asosiy daqiqalari 0:0 hisobida yakunlanay deb turgan bir pallada Urugvay hujum uyushtiradi. To'p uzatish davomida to'p maydon chizig'ini  kesib o'tadi. Buni ko'rgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi va Urugvayning aksar o'yinchilari to'p maydondan chiqib ketdi degan qaror bilan yugurishdan txtagan bir paytda,Luis Kubilya jamoadoshi Esparraga to'pni uzatadi. Viktor esa harakatsiz qolgan  terma jamoa darvozasini ishg'ol qiladi.Qizig'i shundaki, hakamlar golni inobatga  olishadi. Bu o'yindan keyin katta mashmasha yuzaga keladi.



Meksikadagi Angliya terma jamoasi 4 yil avval chempion bo'lgan tarkibdan ancha kuchliroq edi. SHu boisdan Evropa nashrlari Angliyani ikkinchi marta mundial g'olibi bo'lishiga ishonishayotgan edi. Ammo... Ammosi shundaki, bu safar Angliyada bo'lgani kabi futbolchilar Peleni sindirish uchun o'ynamadilar. 30 yoshni qarshi olgan futbol qiroli  eng kuchga to'lgan paytida, go'yoki uni to'xtatib qolishning iloji yo'q edi. Angliya bilan bir guruhdan o'rin olgan Braziliya guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritadi. O'zaro o'yinda  Jairzino tomonidan kiritilgan yagona gol Braziliyaning g'alabasini taminlaydi. 60-yillarda yulduzli tarkib Garrincha, Didi, Kuarentinya, Amarildo va Zagalloga ega  bo'lgan "Botofogo" safida faoliyatini boshlagan Jairzino 1962 yili Garrinchaning  jarohatidan unumli foydalanib asosiy tarkibga kirib oladi. Keyinchalik esa terma  jamoadan joy oladi. Jairzino JCH tarixlarida bir musobaqaning boshidan oxirigacha hamma o'yinlarida gol urgan yagona futbolchi bo'ladi.

Angliya - Braziliya uchrashuvidan so'ng muxlisu mutaxassislar finalda aynan shu ikki  jamoani ko'rishga shubha qilishmayotganini bildirishadi, biroq... 1/4 finalda  Germaniya JCH-66 finali uchun o'ch oladi. Angliya o'zining asosiy futbolchilaridan  biri bo'lgan Benksdan o'yindan bir kun avval ajralgan bo'lsa-da, uchrashuvda 2:0 hisobida  oldinga chiqib oladi. Angliyaning g'alabsiga hech kim shubha qilmayotgan bir paytda, bugun  biz Germaniyaning afsonalari deb ataydiganlarimiz, Franc Bekkenbauer, Uve Zeeler  va Gerd Myuller ketma-ket gol urib Germaniyaning g'alabasini taminlaydilar. Bu erda Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi katta xatoga yo'l qo'yadi. G'alabaga muddatidan  avval ishonib yuborgan Alfa Ramsey ikkinchi gol muallifi Bobbi CHarltonni  almashtirib yuborgan edi. Aynan shu o'zgarishdan keyin nemislar uch marta gol urgadilar.



1/4 final
Germaniya - Angliya 3:2
Braziliya - Peru 4:2
Italiya - Meksika 4:1
Urugvay - Sobiq Ittifoq terma jamoasi 1:0

Braziliya esa yarim finalda Urugvaydan 1950 yilgi Marakanadagi final uchun qasos  oladi. 3:1 hisobida zafar quchgan ikki karra jahon chempionlarini finalda Italiya -  Germaniya juftligi g'olibi bilan o'ynashlari kerak edi. Bu juftlik ishtirokidagi o'yin  es aJCH tarixidagi eng zo'r yarim finallardan biri bo'lgan. 80 000 tomoshabin qarshisida  kechgan o'yinning 8-daqiqasida Boninsenya hisobni ochadi.Uchrashuv yakuniga etgan ham ediki, SHnellinger 90-daqiqada Italiya terma jamoasining darvozasini ishg'ol qiladi.  Qo'shimcha taymda nemislar hisobda oldinga chiqib oladilar. Keyin Italiya ikkita gol  uradi. Myullerga 110-daqiqada hisobni tenglashtirish nasib etadi. Ammo bir daqiqa  o'tmay Rivera gol uradi va bu gol uchrashuvdagi so'nggisi bo'ladi.

1/2 final
Braziliya - Urugvay 3:1
Italiya - Germaniya 4:3



Alamzada Germaniya uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda bronza medalini Evropaga olib  ketadi. SHu erda bir savol tug'ilardi. O'zga qitada bo'lib o'tayotgan mundialda kubok qaerga yo'l oladi, Evropagami yoki Janubiy Amerikaga?

Finalning 30-daqiqasida Pele boshi bilan gol urib hisobni ochadi. Boninsenya esa 37 -daqiqada tenglashtiradi. SHundan keyingi uchta golga bittadan Jerson, Jairzino va  Karlos Alberto mualliflik qilishadi.

FIFA qoidasiga ko'ra kubokni uch marotaba yutgan jamoaga "oltin mabuda" abadiy berilishi kerak bo'lgan. Afsuski, bu kubokni 13 yil o'tib Braziliya futbol federaciyasi binosidan o'g'irlab ketishgan. Ha, aytgandek. Final oldidan italiyalik himoyachi Tarchizio o'ziga o'zi Pele bu suyak va qora etdan bo'lgan oddiy odam degan. Finaldan keyin esa katta xato qilganini tan oladi. Pele uchta jahon chempionatida g'alaba qozongan yagona futbolchi edi. U 1971 yil, 31 yoshida MTJ safida faoliyatini yakunlaydi.



3-o'rin uchun
FRG - Urugvay 1:0


Final
Braziliya - Italiya 4:1
Gollar:
Pele, 18, Jerson, 66, Jairzino, 71, Karlos Alberto, 86 - Boninsenya, 37
Braziliya: Feliks, Brito, Pyacca, Karlos Alberto, Klodoaldo, Jairzino, Jerson,  Tostao, Pele, Rivelino, Everaldo
Italiya: Albertozi, Burnich, Fakketti, CHera, Rosato, Bertini (Yuliano, 74), Riva,  Domengini, Maccola, De Sisti, Boninsenya (Rivera, 84)


To'purarlar: Gerd Myuller (FRG) - 10, Jairzino (Braziliya) - 7, Teofilo Kubilyas (Peru)  - 5

Xorij materiallari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика