So’nggi yangiliklar

12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  0 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  8 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  1 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  1 11:21Неймар "Барселона" қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  5 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  2 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  11 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  3 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  6 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  4

JCH yarim finallari muxlisimiz nigohida Yangiliklar

JCH yarim finallari muxlisimiz nigohida

San-Pauluda ko'rgan ikkinchi o'yinim haqida qisqacha yozish oldidan, Braziliya - Germaniya o'yinidan keyingi holatni qisqacha bayon qilaman.
To'g'risi bunaqa sharmandalikni Braziliyadan hech kim kutmagan edi, hech kim. Germaniya kuchli bo'lsada, Braziliya o'z maydonida o'ynayotgan edi. Mag'lubiyatdan keyin hamma karaxt ahvolga tushib qoldi. Braziliyalik muxlislar alamdan, qolgan sayyohlar nima bo'lganidan. Yaxshiyamki ortga tinchlik bilan qaytdik. O'yindan keyin stadion jim bo'lib qoldi. Germaniya muxlislari ortiqcha quvonishdan qo'rqishdi. CHunki bu erda braziliyalik muxlislardan istagan narsani kutish mumkin edi. Hayriyat hammasi tinch o'tdi.





Kunning ertasiga sariq libosda yuruvchi kishilar keskin kamayib ketdi. Mahalliy muxlislarning deyarli hammasi tera jamoalarining futbolkasini echib boshqa libos kiyganlar. Faqatgina sayyohlarda ko'rishingiz mumkin.

Kecha o'yinni stadionni markazida o'tirib tomosha qildim. O'zbekistonimiz bayrog'ini bir zum bo'lsada ko'tara oldim va bu TVda ham ko'rinibdi. Qizig'i o'yin oldidan bir necha nafar qo'shnilarimizni ko'rdim. Qozog'iston va Turkmanistondan ham ishqibozlar kelishgan ekan.




Stadion ichi taniqli shaxslarga boy. Ko'z oldimda mashhur posbon CHilavert ish bilan mashg'ul edi. Futboldan keyin ancha semirib ketibdi.




Menga yoqayotgan tomoni shundaki, muxlislar juda axil va inoq. Hech qanday jan-jal yo'q. Bitta sektorda ikkita terma jamoa muxlisi bemalol o'z terma jamoasiga ishqibozlik qiladi. JCH shunisi bilan ham go'zal ekan. Lekin kechagi o'yindan keyin kulguli holatlar ham bo'ldi. Metroga qadar chamasi bir km masofani argentinaliklar qo'shiq kuylab bosib o'tishdi. Atrofdagi mahalliy muxlislar esa Maradonani mazah qilib, Pelening shon sharafiga qo'shiq aytishdi. O'z navbatida Argentina muxlislari qo'llarida etti raqamini ko'rsatib javob qaytarishdi.






Afsuski final uchun chipta ololmadim. Kim biladi, balki finalga qadar topilib qolar. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham Avstraliyada ko'pchilik bo'lib, terma jamoamiz bilan finalda ishtirok etaylik deb qolaman. Keyin esa Rossiyadagi JCHda birga bo'lamiz.

Braziliyadan Abduraxmon Fozilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика