JCH-2015. O'zbekiston Avstriyaga qarshi o'ynaydi
07 iyu 2015 09:12
Yangiliklar


JCH-2015. O'zbekiston Avstriyaga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi biroz oldin Fijini 3:0 hisobida mag'lub etib nimchorak finalga yo'l oldi.
SHunday qilib 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:00da yoshlarimiz avstriyaliklar bilan maydonga tushadi.
11 iyun. 09:00. O'zbekiston U20 - Avstriya U20
Bizning juftlikdagi g'olib Ukraina U20 va Senegal U20 o'rtasidagi o'yinda zafar quchgan jamoaga qarshi chorak finalda bahs olib boradi.
Germaniya yoshlarining keyingi bosqichdagi raqibi hozircha aniq emas. Ularning raqibi E guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa bo'ladi.

Fikrlar