JCH-2014da Braziliyaga mag'lub bo'lgan Kolumbiya termasini Bogotada qahramonlardek kutib olishdi
07 iyu 2014 09:50
Yangiliklar
JCH-2014da Braziliyaga mag'lub bo'lgan Kolumbiya termasini Bogotada qahramonlardek kutib olishdi
Futbol bo'yicha JCH-2014 chorak finalida mezbon Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Kolumbiya terma jamoasi 6 iyul, yakshanba kuni uyga qaytdi.
CNN xabariga ko'ra, terma jamoani Kolumbiya poytaxti Bogotada qahramonlardek kutib olishgan; terma jamoa usti ochiq avtobusda shahar ko'chalari bo'ylab harakatlanganida futbolchilarni minglab kolumbiyaliklar olqishlagan.
Tantanalarning so'nggi qismida futbolchilar Simon Bolivar xiyobonida sahnaga chiqib, muxlislar bilan birga musiqa sadolari ostida raqsga tushishgan.
Eslatib o'tamiz, Kolumbiya terma jamoasi JCH-2014 guruh bosqichida Greciya (3:0), Kot-d’Ivuar (2:1), Yaponiya (4:1) terma jamoalarini, nimchorak finalda esa Urugvay terma jamoasini (2:0) mag'lub etgan, biroq chorak finalda Braziliyaga imkoniyatni (1:2) boy bergandi.

Fikrlar