"Manchester Yunayted" transferlar uchun 230 mln evro ishlatishga tayyor. Bu pul kimlarga sarflanadi?
25 dek 2024 00:42
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" transferlar uchun 230 mln evro ishlatishga tayyor. Bu pul kimlarga sarflanadi?
Klub tarkibni kuchaytirish maqsadida.
"Manchester Yunayted" klubi 3 nafar futbolchini sotib olish uchun 230 mln evro sarflashga tayyor. Bu haqda Football365 nashri xabar berdi.
"Qizil iblislar"ning asosiy maqsadlaridan biri "Barselona" vingeri Rafinya bo'lib turibdi. Braziliyalik qanot hujumchisi uchun MYU 80+10 mln evro to'lashga tayyor.
Bundan tashqari, Ruben Amorim o'ziga begona bo'lmagan hujumchi Viktor Gyokerishni ham Manchesterga olib kelmoqchi. Forvardning shartnomasidagi tovon puli 80 mln evroni tashkil qiladi.
Amorim sotib olishni rejalashtirayotgan uchinchi o'yinchi "Borussiya Dortmund" darvozaboni Gregor Kobel hisoblanadi. Malum bo'lishicha, MYU bosh murabbiyini Andre Onananing o'yini unchalik ham qoniqtirmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar