Igor Sergeev Paxtakorga qaytmoqdami? Hujumchining o'zi bunga javob berdi
25 dek 09:45
Yangiliklar
Igor Sergeev Paxtakorga qaytmoqdami? Hujumchining o'zi bunga javob berdi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Paxtakorga qaytayotganni tasdiqladi.
«Muzokara yaxshi o'tdi, men avvaldan elon qilishni istamagandim. Umid qilamanki, tez orada barchasi hal bo'ladi va men yana «Paxtakor»ga qaytaman», — deb fikr bildirdi hujumchi
Yodingizda bo'lsa, Sergeev Osiyo Kubogining 3-turi doirasida shu yilning 23 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazilgan o'yinimizning 84-daqiqasida jarohat olgan edi. Keyinchalik hujumchi Dohadagi "Aspetar" shifoxonasida amerikalik taniqli jarroh shifokor Zikria Bashir tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi.
Fikrlar