JCH-2014. Yaponiya - Greciya. PREVYU
19 iyu 2014 16:50
Yangiliklar
JCH-2014. Yaponiya - Greciya. PREVYU
Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvda bugun “hayot-mamot jangi” bo'ladi.
Umuman olganda “S” guruhida teng kuchli jamoalar jam bo'lishgan. Ammo birinchi turda Kolumbiya va Kot-D’Iuvar g'alaba qozondi. Natijada Yaponiya bilan Greciya autsayderdek ko'rinishi mumkin, lekin hozircha hech narsa yo'qotilgani yo'q. Yaponlar o'tgan turda afrikaliklarga jiddiy qarshilik ko'rsata olishdi, biroq tajriba bobida Dide Drogba jamoadoshlari ustun ko'rinishdi.
JCH-2014. “D” guruhi. 2-tur
YAPONIYA – GRECIYA
Natal. “Arena das Dunas” stadioni
Bosh hakam: Xoel Agilar (Salvador)
Taxminiy tarkiblar
Yaponiya: Kavashima - Uchido, Yoshida, Morisige, Nagatomo - Endo, Yamaguti - Okazaki, Xonda, Kagava - Osako
Greciya: Karnezis - Torosidis, Papastatopulos, Manolas, Xolebas - Kone, Maniatis, Karagunis - Fetfatcidis, Samaras - Mitroglu.
Jarohat olgan: Taxcidis (Greciya)
Greciya namoyish etayotgan futbol haqida nima deyish mumkin? Ular Kolumbiyaga qarshi juda sust harakat qilishdi. Ayniqsa hujumda ularning ishi hech qovushmadi. Natijada javobsiz uchta to'p o'tkazib yuborishdi. Yaponiyadan esa birinchi o'yindagi kabi bu gal ham hujumkor futbolni kutishmoqda. Alberto Zakkeroni ham hujumkor futbolni yoqtiradi va bugun ular ijrosida chiroyli o'yin ko'rsak kerak.
Greciya termasi ustozi Fernandu Santush bugun bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Asosiy tarkibda bir nechta yangi o'yinchilar paydo bo'lishi mumkin. Ehtimol maydon markazida tajribali Karagunis to'p sursa kerak. Hujumda esa Gekasning o'rnini Mitroglu almashtirishi mumkin. Yaponiyaning hujumlari ancha o'tkir, faqat ularga yaxshi saviyadagi gol uradigan hujumchi etishmayapti. Xonda, Kagava va Okazaki tomonidan ajoyib hujumlar uyushtirilmoqda. Biroq ularni yakunlashga kelganda jamoada zo'r hujumchining yo'qligi bilinib qolyapti.
Yaponiya terma jamoasining bugungi kundagi eng asosiy futbolchisi Keysuke Xonda hisoblanadi. Yana bir etakchi futbolchi SHinji Kagava. To'g'ri, SHinji Okazaki mashhurlik bo'yicha bu ikki o'yinchidan ortda turadi, ammo o'yini bo'yicha emas. Okazaki yakuniga etgan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi. U “Maync” safida 15ta gol urdi, qolaversa, terma jamoa libosida JCH saralash bahslarida 14ta o'yinda ishtirok etib, 8 bor to'p kiritdi. Bu hujumchi Greciya darvozasiga ham gol urishi mumkin.
Alberto Zakkeroni (Yaponiya termasi bosh murabbiyi):
“Biz go'yoki devorga yopishib qolgandekmiz. Biz qaerda xatoga yo'l qo'ydik, avvalo shuni aniqlashtirib olish lozim bo'ladi. Nima uchundir jamoam men xohlagandek o'yin namoyish etmayapti”.
Fernandu Santush (Greciya termasi bosh murabbiyi):
“Biz o'z xatolarimizni bilib oldik va keyingi bahslarda buni to'g'irlaymiz. Yaponiya hujumkor futbolni tanlashi turgan gap. SHunga qaramay, biz ham o'z kuchimizga ishonamiz”.
Jamoalar o'zaro faqat bitta o'yin o'tkazishgan va bunda Yaponiya 1:0 hisobida zafar quchgan. Yagona gol Oguro tomonidan kiritilgan.
Qiziqarli faktlar
- Jahon chempionatlarida ettita o'yin o'tkazgan Greciya shundan oltitasida mag'lubiyatga uchradi.
- Keysuke Xonda Yaponiyaning JCHda urgan beshta golidan to'rttasida faol ishtirok etdi (3ta gol urdi va bir marta mualliflik qildi).
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar