JCH-2014. Urugvay – Angliya. PREVYU
19 iyu 2014 14:52
Yangiliklar
JCH-2014. Urugvay – Angliya. PREVYU
Bugun Urugvay - Angliya bahsi bilan “D” guruhining 2-tur o'yinlariga start beriladi.
Xabaringiz bor, har ikkala jamoa birinchi turda mag'lubiyatga uchradi, shunday ekan bu o'yin Urugvay uchun ham, Angliya uchun ham muhim.
Musobaqa boshlanmasidan oldinoq “D” guruhi mutaxassislar tomonidan “o'lim guruhi” deya etirof etilgandi. O'tgan turda Urugvay kutilmaganda Kosta-Rikaga yutqazib qo'yganidan so'ng intriga yanada kuchaydi. Angliya matbuotida allaqachon o'yindan oldingi taxminlarni yozish boshlab yuborildi. Agar inglizlar yana mag'lubiyatga uchragudek bo'lishsa, musobaqani tark etishadi. Urugvay esa Angliya masalasini hal qila olmasa, keyingi turda Italiya bilan o'yinda yana qiynaladi.
Angliya daslabki uchrashuvda o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Ular italyanlarga munosib qarshilik ko'rsata olishdi. Angliya o'z o'yinini o'zgartirmagan holda Urugvayni yutib qo'yishi ham mumkin. Urugvay esa Kosta-Rika bilan kechgan bahsda juda kuchsiz ko'rindi. Ular Angliyaga qarshi boshqacha futbol namoyish etmasa bo'lmaydi.
JCH-2014. “D” guruhi. 2-tur
Urugvay – Angliya
San-Paulu. “Arena Korintians” stadioni.
Bosh hakam: Karlos Velasko (Ispaniya)
Taxminiy tarkiblar
Urugvay: Muslera - Kaseres, Godin, Koates, A. Pereyra - Stuani, Arevalo Rios, Diego Peres, K. Rodriges - Suares, Kavani
Angliya: Xart - G. Jonson, Yagielka, Keyxill, Beyns - Jerrard, Xenderson - Uelbek, Runi, Sterling - Starrij
Jarohat olgan: Lugano (Urugvay)
Diskvalifikaciya: Maksi Pereyra (Urugvay)
Bugungi bellashuvda Urugvayning bor umidi Luis Suaresdan. Jarohat tufayli birinchi uchrashuvni o'tkazib yuborgan Suaresning bugun ilk daqiqalardan boshlab maydonga tushishi kutilmoqda. Angliyanng eng katta umidi esa Ueyn Runidan. Urugvaylik Diego Lugano jarohati tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. SHunday ekan, Runi o'zini ancha erkin his qilib to'p tepsa kerak. Qolaversa, diskavalifikacyai tufayli Maksi Pereyra ham o'yinni o'tkazib yuboradi.
Katta ehtimol bilan Luganoning maydon markazidagi o'rnini Sebastyan Koates egallaydi. O'ng qanotda esa Martin Kaseres to'p tepadi. SHunda chap qanotni Alvaro Pereyro egallaydi. Angliya termasi bosh murabbiyi esa katta o'zgarishlarni amalga oshirmasa kerak. Aleks Oksleyd-CHemberlen jarohatidan qutulib mashg'ulotlarni boshlab yuborgan va uning ham maydonga tushishi kutilmoqda.
Oskar Tabares (Urugvay termasi bosh murabbiyi):
“Biz hammasini o'zgartiramiz. Bizga g'alaba kerak, Angliyaga ham g'alaba zarur. O'yin uslubimizni o'zgartirsak, Angliyani yuta olamiz”.
Roy Xojson (Angliya termasi ustozi):
“Biz Italiyadan uchralgan mag'lubiyatni tahlil qilib chiqdik. Xatolarimiz nimada ekanligini bilamiz. Yaxshi harakat qilsak, Urugvayni enga olamiz”.
O'zaro uchrashuvlar - 10ta: +4=3-3 13:10
Oxirgi uchrashuv: 01.03.2006. Angliya - Urugvay 2:1 (Krauch, Jo Koul - Pouso)
Qiziqarli faktlar
- Daniel Starrij terma jamoasining oxirgi to'rt uchrashuvida 3ta gol urdi.
- Runi uchun bugungi o'yin JCHdagi 10-bahs bo'ladi. Avvalgi to'qqizta uchrashuvda u gol urmagan.
- Urugvayliklar JCHning oxirgi to'rt uchrashuvidan ikkitasida qizil kartochka olishdi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar