So’nggi yangiliklar

00:18"Интер" - "Комо". Таркиблар билан танишинг  0 00:01Зидан фақат иккита жамоани бошқариши мумкин  0 23:31ОКМК Дубайда Россиянинг икки клуби билан ўйнайди  0 22:43Роналду: "Қайси биринг Мессини мендан кучлироқ дединг?"  4 22:23Тозалик инспекторлари МЮ стадиони баҳосини 4дан 2га туширди. Нега?  2 21:18Расман: "Навбаҳор" африкалик футболчини ўз сафига қўшиб олди  14 21:00Ҳисобда акс этмаган — осон ғалаба! "Реал" - "Севилья" учрашуви таҳлили  5 20:41Умтитининг фаолияти хавф остида  3 20:19"Тоттенхэм" ҳужум чизиғини "Вулверхэмптон" вакили билан кучайтирмоқчи  0 19:56Раҳмоналиевнинг агенти футболчининг "Рубин"дан кетиши ҳақидаги хабарларга изоҳ берди  1 19:39Расман: Зоир Жўрабоев "Сўғдиёна" футболчисига айланди  0 19:22"Навбаҳор" беларуслик легионер трансферини эълон қилди  8 19:08Шуҳрат Асланов: "Насаф фарм"нинг Про лигадаги иштироки клубнинг йиллик харажатлари учун юкламани оширади. Шу сабабли жамоа Про лига мусобақасида иштирок этмайди"  1 18:50Ўзимизнинг карикатура. Ҳамшаҳарларнинг дарди бир  5 18:28ЎФА футзал учун масъул янги ташкилот тақдимотини ўтказади  0

Hisobda aks etmagan - oson g'alaba! "Real" - "Sevilya" uchrashuvi tahlili Yangiliklar

Hisobda aks etmagan - oson g'alaba! "Real" - "Sevilya" uchrashuvi tahlili

"Madrid" 2024 yildagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi, eng yaxshisi bo'lmasa agar!

Xuddiki muxlislarga yangi yil oldidan maxsus sovg'a tayyorlangadek. To'p bilan va to'psiz ajoyib harakatlanish, chiroyli kombinaciyalar, undanda go'zal gollar, ehtiros va ishtiyoq, eng muhimi – o'yinchilar jamlanmasi emas, chinakamiga kuchli jamoa o'yiniga guvoh bo'ldik. "Osasuna"ga qarshi o'yinda ham shunga ishoralar bor edi, ammo "Sevilya" bilan bahs oxirgi vaqtlardagi eng sifatlisi bo'ldi va mavsumning ikkinchi qismidan avval, jamoaga befarq bo'lmaganlarga ishonch, umid berdi, desak mubolag'a bo'lmas.

Mazkur bellashuv bo'yicha "Real"ga faqatgina himoya chizig'ining bo'shashib ketgani yuzasidan etiroz bildirish mumkin, biroq hisob 3:0 ko'rinish olguniga qadar ular ham yuqori darajada harakat qilishdi. Bundan xulosa qilish mukinki, "Rayo" bilan bo'lgani kabi ishonchsiz o'yin emas, bu safar futbolchilar yirik hisobdagi ustunlikdan bo'shashishgan.

Puxta tayyorgarlik ko'rgan Anchelotti uslubini yaxshi ko'radigan "Sevilya"ni jazoladi 

Bazi murabbiylar borki, ular sizga malum darajadagi stabillik va jamoa rivojlanishi uchun yo'nalish bera oladi, lekin turli holatlarga moslashishi biroz mushkul. Garsiya Pimenta hamon "Sevilya"da o'zi qurmoqchi bo'lgan o'yin mexanizmining muhim detallarini yo'lga qo'ya olmadi. SHunga qaramay, murabbiy sizning kuchli tomoningizni o'zingizga qarshi ishlatib, zaif nuqtangizga aylantirib qo'yishi mumkin bo'lgan kuchli jamoalarga qarshi bahslarda ham rejasini o'zgartirmayapti.

Ammo hali o'z o'yiningni yuz foiz yo'lga qo'ymay, chinakamiga top raqibga qarshi o'yinda ham moslashish o'rniga, o'z o'yiningdan kelib chiqib harakat qilish — ijobiy natija eshigini qattiq yopib qo'yadi. "Bernabeu" "Sevilya" mana shunday holatga tushib qoldi.

● Raqib futbolchilarining "rivok"lariga ulgura olmaydigan yuqori himoya chizig'i.

● CHiziqlar o'rtasida 15-20 metr bo'shliqlar qolib ketgan yomon pressing hamda bosim ostida munosib qarshi o'yin ko'rsata olmaslik.

Anchelotti raqibning ojiz nuqtalariga aniq zarbalar berishga yaxshi tayyorlanibdi. "Real" Bellingem va Braimning sharofati bilan "Sevilya"ning bir yo'la ikki kamchiligini yaqqol ko'rsatib berdi. Karlo to'p bilan muomala vaqtida muntazam ravishda markazga kirish borasida ko'rsatma bergan, natijada esa "Sevilya"ning sifatsiz pressingi natijasi uchinchi golda oddiy muxlisga ham namoyon bo'ldi. Vaholanki, bunday vaziyatlar o'yin davomida muntazam ravishda yuz berdi.

Jud markazda bitta o'zi to'pni qabul qildi va uni Braimga etkazdi, qizig'i, Dias ham yolg'iz va darvoza tomon yurishga, yugurishga tayyor. "Sevilya" hujumchilari bungacha pressing uyushtirishga harakat qilgan va shu sababli asosiy epizoddan ancha yiroqda qolib ketgan.

Salas ("Sevilya" futbolchisi) Braim bo'sh qolganini ko'rdi, lekin Lukas Vaskes ham o'z qanotidan oldinga o'tayotganini ko'rib, marokashlik futbolchi tomonga harakatlana olmadi va "ikki o't orasida" qolib ketdi.

Braim to'p bilan oldinga o'tdi va Salas unga tashlanishga (va ikki futbolchini birdaniga yopishga) majbur, chunki Gudel va Bade Mbappeni qo'riqlashmoqda, Muzambo esa ortga qaytib ulgurmayapti. Braim kerakli vaqtda to'pni Vaskesga oshirdi yana bitta pas va Rodrigodan gol – 3:0.

Yomon pressing va yuqori harakatlanuvchi himoya chizig'i "Sevilya"ni to'p yo'qotilgan vaziyatlarda qiyin ahvolga solib qo'ydi, ammo aynan Anchelottining adaptaciyasi — Braim va Bellingemning maydon markaziga o'tib harakatlanishi, "Madrid"ga guvohi bo'lganimiz darajasida ustunlik berdi.

Qizig'i, "Real" o'zining deyarli barcha xavfli hujumlarini markaziy zonada o'yinchilar sonini ko'paytirish orqali raqibni bosim qilishga "chorlash" orqali amalga oshirildi, lekin birinchi ikkita golda Mbappe hamda Valverdening ajoyib zarbalarini ham etirof etmay iloj yo'q. Ammo bu erda ham murabbiylar shtabining hissasi bor – Fede o'yindan keyin bunday zarbalar mashg'ulotlarda ishlanishi va murabbiylar shtabi shunga o'xshash vaziyatlarni tayyorlaganini tan oldi.

Pimentaning orzularga to'la, ammo sifatsiz rejasi Anchelottining aqlli adaptaciyasi va "Madrid" etakchilarining vaziyatlardan ruhlangan o'yiniga ro'baro keldi.

SHuningdek, Karlo Lukebakioni zararsizlantirishga ham alohida tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Aynan shu tufayli Kamavinga chap qanot himoyasiga tashlandi (1-1 holatlarda raqibni agressiv kutib oladigan futbolchi). Mendi va Fran salomatligi bilan muammosi yo'q va hatto qaydnomaga ham kiritilgandi, "Sevilya"ga qarshi o'yin esa Eduardo uchun aprel oyidan buyon (hozir dekabrligi yodingizda bo'lsa kerak) universal Kama uchun chap qanot himoyasidagi birinchi bahs bo'ldi. Ushbu faktdan keyin bu tasodif emas, aynan murabbiy adaptaciyasi ekanligiga shubhangiz qolmadi, deb umid qilamiz.

O'z navbatida, Pimenta Lukebakioni faqatgina so'nggi 20 daqiqada qarama-qarshi qanotga o'tkazgani biroz g'alati. Lukas Vaskesga qarshi Dodining imkoniyatlari ko'proq bo'lardi, chamamda. Mana shunga o'xshash vaziyatlarda murabbiyning asl kuchi seziladi. U nafaqat jamoani o'yinga tayyorlaydi, balki maydondagi holatdan kelib-chiqib ham malum o'zgarishlarni amalga oshiradi.

To'g'ri, "Sevilya" hozir unchalik yaxshi holatda emas, buni La Liga jadvaliga qarab ham bilish qiyin emas. Ammo bu Anchelotti va "Real" futbolchilariga bu kabi chiroyli o'yin uchun rahmat aytmaslik uchun sabab bo'la olmaydi. Ular o'z ishlarini alo darajada bajarishdi.

O'yin uchun futbolchilarga qo'yilgan baholar

Tibo Kurtua – 5. O'zi uchun noodatiy tarzda, yaqin burchakka zarbadan keyin, gol o'tkazib yubordi. Bir-ikki marta to'pga chiqishda sustkashlikka yo'l qo'ydi va ikkinchi bo'limda aynan uning uzatmadagi xatosidan keyin raqibda vaziyat yuzaga keldi. Tiboning darajasidagi kiper uchun bu yomon o'tkazilgan o'yin. Ammo Kurtua doim ham supermen rolida bo'lavermaydi-ku. Bazan shunaqasi ham bo'lib turadi.

Lukas Vaskes – 9. U shunchaki yil yakuniga tayyorlangan ko'rinadi. Ajoyib uchrashuv! Golli uzatmadan tashqari, Lukas duellarda zo'r o'ynadi (11 ta yakkakurashda ustun keldi!) va raqiblarni dribling evaziga dog'da qoldirish bo'yicha (4) ham u eng yaxshi ko'rsatkich qayd etdi. Bazi omadsiz o'yinlardan keyin, bu kabi muvaffaqiyatli uchrashuv Lukas uchun ayniqsa muhim edi. SHubhasiz, uning mavsumdagi eng yaxshi o'yini.

Orelen Tchuameni – 6. yagona emas, lekin birinchi o'tkazib yuborilgan golning asosiy aybdori. Romeroga poziciyani boy bergandi. Umumiy qilib aytganda, franciyalikka boshqa jiddiy etirozlar yo'q. Pressing ostida xatolarga yo'l qo'ymadi, duellarda yaxshi o'ynadi. Nazarimizda, Orelen faqatgina birinchi golda jiddiy xatoga yo'l qo'ydi, lekin o'sha xato uchun uning bahosi keskin tushib ketdi.

Antonio Ryudiger – 7. Romeroning golida Ryudiger va Kamavinga chap qanotda nima qilmoqchi bo'lishganini izohlash mushkul, ammo germaniyalik futbolchi yomon ko'rinmadi. Gol urishi ham mumkin edi, lekin to'pga o'zi istagandek zarba bera olmadi.

Eduardo Kamavinga – 8. O'yinning har bir qismida foydali harakat qila oldi. Hujumlarni boshlashda faollik ko'rsatdi, to'p yo'qotilganda maydon markaziga yaqin zonada kontrpressingga bordi va birinchi golda himoyachi etiborini o'ziga qaratib, Mbappe uchun zona ochib berdi. Eduardo bu bahsdan to'liq qoniqish hosil qilgan bo'lsa ajab emas.

Dani Sebalos – 9. Madridda Dani yana qachon bunday yuqori baho olarkin, qiyin savol. Biroq tan olish kerak, aynan shu uchrashuvda u chindan ajoyib harakat qildi. To'pni himoyadan hujumga etkazishda muhim "zveno" bo'ldi va muntazam ravishda yakkakurashlarga tashlandi (ko'pida ustun keldi!), zarur pallalarda sheriklariga yordamga keldi va o'yin tempini zo'r his qildi. Sebalos bu darajani yana qancha ushla qola olishi nomalum, lekin bunday sport formasida ! Prodoljay, Dani.

Federiko Valverde – 8. Fede yana ikki-uch marta shunday zarba bersa, keyin raqib darvozabonlari uni qaytarishga ham urinib o'tirishmaydi. Odatdagidek butun maydon bo'ylab katta ko'lamdagi ishni bajardi va yana bir chiroyli gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo'limda uzatmalardagi xatolar ko'paydi, lekin bunday hollarda kechirsa bo'ladi. Omadli uchrashuv.

Jud Bellingem – 7. Jud yana bir yaxshi o'yin o'tkazdi, ammo ikkinchi bo'limda yo'q bo'lib qolgandek, tasavvur uyg'otdi. To'pni kamroq qabul qildi va kombinaciyalarda nisbatan kamroq ishtirok etdi. Bazi vaziyatlarda hattoki sheriklari to'pni unga oshirsa bo'ladigan vaziyatda ham boshqa variantlarga murojaat qilgandek. Bu faktorlarga qaramay, Bellingem yomon o'yin o'tkazmadi. "Pachuka"ga qarshi finaldan keyin oyog'i bog'langan holda harakatlanganiga ham etibor qaratib o'tish lozim. Murabbiylar shtabi ham aynan shu tufayli, ehtiyotkorlik chorasi sifatida angliyalikni zaxiraga oldi.

Braim Dias – 8. Gol urdi, uchinchi golda ishtirok etdi, taktik jihatdan muhim figura bo'ldi va ikkinchi bo'limda, qolganlar biroz bo'shashganida ham tinim bilmadi. Diasni bu o'yin uchun alohida maqtab qo'yish zarur.

Rodrigo Goes – 7. Braziliyalik uchinchi o'yinda gol urmoqda va o'yini bilan ham muxlislarini quvontirmoqda. Agarda Rodrigo yana ikkita vaziyatidan unumli foydalanganida bahosi undan ham yuqoriroq bo'lardi. 

Kilian Mbappe – 8. Ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi, Braimga golli uzatma etkazib berdi va Rodrigo uchun golli vaziyat yaratib berdi. Kilian o'yindan-o'yinga kuchaymoqda. Karlo Anchelotti aytganidek, chindan ham Mbappening adaptaciya jarayoni oxiriga etdi shekilli.


Muallifning telegramdagi kanali: @La_teLiga

Reyting: +3   

Fikrlar

   
23 dek 23:05:52
Sardorbek..
Elyor Hasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар Реал ютқазэб қўйса мухлисларини интерполга бериб хам тополмайсан нимага шунақа
Nimaga barsa muxlislar xar doyim oldindan karillab oxirida yana yeb qo'yadi nimaga oktyabr oyidayoq biz trebl yutamiz deb katta ketganlar xozir inlariga kirib ketgan nimaga shunaqa?
   
23 dek 23:05:52
Sardorbek..
Elyor Hasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар Реал ютқазэб қўйса мухлисларини интерполга бериб хам тополмайсан нимага шунақа
Nimaga barsa muxlislar xar doyim oldindan karillab oxirida yana yeb qo'yadi nimaga oktyabr oyidayoq biz trebl yutamiz deb katta ketganlar xozir inlariga kirib ketgan nimaga shunaqa?
   
23 dek 22:28:28
Rasul Matkarimov
Elyor Hasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар Реал ютқазэб қўйса мухлисларини интерполга бериб хам тополмайсан нимага шунақа
Mana necha kundirki dostonbek Anvarov Mavlon raimov barcelona7 Va yana shunga oxhshashlar yoq ozini birnima qilmadimikin
   
23 dek 22:07:48
Elyor Hasanov
Агар Реал ютқазэб қўйса мухлисларини интерполга бериб хам тополмайсан нимага шунақа
   
23 dek 21:44:51
насрилло
Реал Мадрид тенгсиз!Январда яна хам кучаяди! РЕАЛ Мадрид ракибларига жуда кийин булади!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика