Superligada o'ynashga davogar Xorazmga Lokomotiv futbolchisi o'tishga yaqin
24 dek 2024 08:06
Yangiliklar
Superligada o'ynashga davogar Xorazmga Lokomotiv futbolchisi o'tishga yaqin
Xorazm yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.
Jamoa o'tgan mavsum «Lokomotiv» safida o'tkazgan Dilshod Jo'raev bilan deyarli kelishuvga erishib bo'lgan.
Malumot uchun, 32 yoshli futbolchi faoliyati davomida «Bunyodkor», «Dinamo», OKMK «Qizilqum», «Buxoro» kabi jamoalarda ham harakat qilgan. SHuningdek, yarim himoyachi ikki marta O'zbekiston MTJ safida maydonga tushgan.
Avvalroq, «Xorazm» «Metallurg» va «Olimpik» jamoalari Superliga yo'llanmasidan voz kechgan taqdirda Elitada qatnashish imkoniyati borligi xabar berilgandi.
Fikrlar