Superligada o'ynashga da'vogar Xorazmga Lokomotiv futbolchisi o'tishga yaqin

Khoja
24 dek 2024, 08:06
Xorazm yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Jamoa o'tgan mavsum Lokomotiv safida o'tkazgan Dilshod Jo'raev bilan deyarli kelishuvga erishib bo'lgan.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli futbolchi faoliyati davomida Bunyodkor, Dinamo, OKMK Qizilqum, Buxoro kabi jamoalarda ham harakat qilgan. Shuningdek, yarim himoyachi ikki marta O'zbekiston MTJ safida maydonga tushgan.

Avvalroq, Xorazm Metallurg va Olimpik jamoalari Superliga yo'llanmasidan voz kechgan taqdirda Elitada qatnashish imkoniyati borligi xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia