JCH-2014. Prevyu. Italiya - Kosta-Rika
20 iyu 2014 14:37
Yangiliklar
"D" guruhida yaqqol autsayder deb aytilgan Kosta-Rika ushbu kvartetdan 1/8 finalga muddatdan oldin chiqishi mumkin bo'lgan yagona jamoa bo'lib turibdi. Ushbu sensaciyani amalga oshirish uchun kostarikaliklar Italiyani mag'lub etishlari kerak. "Skuadra Adzurra" esa Urugvayning xatosini takrorlamasligi kerak.
Italiya bugun yutsa ham keyingi bosqich masalasini rasman hal qilmaydi, ammo yirik g'alaba qozonsa Urugvayga qarshi bahsdan oldin yaxshigina ustunlikka ega bo'ladi.
Italiya – Kosta-Rika
20 iyun. 21:00
Resife. “Arena Pernambukano” stadioni.
Bosh hakam: Enrike Osses (CHili)
Yordamchi hakamlar: Karlos Astroza (CHili), Serxio Roman (CHili).
Zaxira hakami: Neant Alium (Kamerun)
Taxminiy tarkiblar:
Italiya: Buffon - Abate, Barcali, Kellini, Darmian - De Rossi - Kandreva, Motta, Pirlo, Markizio - Balotelli
Kosta-Rika: Navas - Gamboa, Duarte, Gonsales, Umanya, Dias - Ruis, Borxes, Texeda, Bolanos - Kempbell
O'yindan oldingi fikrlar:
CHezare Prandelli (Italiya bosh murabbiyi):
"Bizni nima kutayotganini juda bilaman. Kostarikaliklarda yaxshi jamoa shakllangan. Juda kuchli jamoa, ularga qarshi bahs biz uchun oson kechmasligi aniq. Raqib safida uchta ajoyib futbolchi bor".
Xorxe Luis Pinto (Kosta-Rika murabbiyi):
"Biz Urugvayga qarshi o'yindan ham yaxshiroq o'ynamoqchimiz. Ha, biz "o'lim guruhidamiz", sababi barcha to'rtta jamoa kuchli".
O'zaro o'yinlar
Ushbu ikki jamoa o'zaro bir marta to'qnash kelishgan. 1994 yildagi bahsda Italiya g'alaba qozongan - 1:0
Qiziqarli faktlar
Angliyaga qarshi o'yinda Italiyaning 93 foiz paslari aniq bo'ldi. Bu 1966 yildagi mundialdan beri eng yuqori natija.
Kosta-Rika hech qachon JCHda ketma-ket ikki marta g'alaba qozonmagan. Biroq Evropa jamoalariga qarshi kechgan 6ta bahsning barchasida gol urgan.
Italiya Jahon chempionatida ketma-ket 15ta o'yinda to'p kiritgan. Bu JCH-2014 ishtirokchilari orasidagi rekord natija sanaladi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar