JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Nigeriya
08 iyu 2014 19:24
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Nigeriya
Nigeriya terma jamoasi Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Bu terma jamoani "afrika braziliyasi" deb atashadi. Darhaqiqat, Nigeriya har doim kuchli futbolchilarga ega bo'lib kelgan. Bu terma jamoadan safidan Jahon darajasidagi futbolchilar etishib chiqishgan. Nigeriya o'zining mundialdagi ilk ishtirokini 1994 yilda AQSHda o'tkazilgan Jahon chempionatidan boshlagan. SHundan keyin Nigeriya deyarli mundialning doimiy qatnishchilaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Faqatgina 2006 yilda Germaniya bo'lib o'tgan chempionatda ular qatnasha olishmagan. Nigeriya o'zining debyut chempionatidayoq 1/8 final bosqichiga qadar etib borishgan. Keyingi 1998 yilgi chempionatda ham ular aynan shu natijani takrorlashni uddasidan chiqishgan edi. 2002 va 2010 yilgi Jahon chempionatida Nigeriya o'z ishtirokini guruh bosqichida to'xtatishiga to'g'ri kelgan.
Afrika Kubogi musobaqalarida ushbu yurt vakillari uch bor chempionlikni rasmiylashtirishgan. Ilk bor ular 1980 yilda Afrikada tengsiz bo'lishgan. Oradan 14 yil o'tib, 1994 yilda Nigeriya yana Afrikaning eng kuchli jamoasi nomiga sazovor bo'lgan. Keyinchalik ular doimiy tarzda yarim final bosqichigacha etib kelishgan va hal qiluvchi bahslarna nuqul omadlari chopmagan. Nigeriya Afrika kubogida bronza va kumush meddalariga ham ko'p bor egalik qilgan. Nihoyat 19 yillik tanaffusdan so'ng, Nigeriya 2013 yilda bo'lib o'tgan Afrika kubogida g'alabani tantana qildi.
Nigeriyada hozir yangi avlod vakillari terma jamoa bo'lagini tashkil etishmoqda. Jamoa tarkibi ancha yoshartirilgan. Nigeriya tarkibi asosan legionerlardan iborat.
Nigeriya ushbu mundialda guruhdan chiqish vazifasini o'z oldiga qo'ygan. Bu borada ularga eng katta raqobatchi bu Bosniya va Gercegovina terma jamoasi bo'ladi. Argentina guruh favoriti sanalsa, Bosniya va Nigeriya ikkinchi yo'llanma uchun kurashishadi. Eron terma jamoasi tarkib va mahorat jihatdan guruhdagi so'nggi jamoa hisoblanadi.
Nigeriya futbolida yorqin iz qoldirgan futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, unda Yakubu Ayegbeni, Amokachi, Agaxova, Babangida, Selestin Babayaro, Finidi Jorj, Viktor Ikpeba, Nvanko Kanu, Obafemi Martins, Piter Odemvingi, Okoronkvo, Jey-jey Okocha singari charm to'p ustalarini misol keltirish mumkin. Aynan shu futbolchilar Nigeriya terma jamoasini Jahonda tanilishida o'zlarining juda katta hissalarini qo'shishgan.
Nigeriya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1949
Bosh murabbiy: Stiven Keshi
Jamoa sardori: Don Obi Mikel
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Jozef Yobo (95)
Eng yaxshi to'purar: Rashidi Yekini (37)
FIFA reytingidagi o'rni: 35
Ilk o'yin: Nigeriya - Serra Leone 2:0 (1949 yil)
Eng yirik g'alabasi: Nigeriya - Dagomeya 10:1 (1959 yil)
Eng yirik mag'lubiyati: Oltin Daryo - Nigeriya 7:0 (1955 yil)
Erishgan yutuqlari:
Afrika kubogi sohibi: (1980, 1994, 2013)
Nigeriya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Enyama ("Lill"), Edjide ("Xapoel" BSH), Agbim ("Gombe Yunayted").
Himoyachilar: Yobo ("Norvich"), Echiedjile ("Monako"), Oshaniva ("Ashdod"), Oboabona ("Rizespor"), Egvuekve ("Varri Vulvz"), Omeruo ("CHelsi"), Embrouz ("Seltik"), Odunlami ("Sanshayn Starz").
Yarim himoyachilar: Obi Mikel ("CHelsi"), Onazi ("Lacio"), Aziz ("Almeriya"), Uchebo ("Serkl Bryugge"), Gabriel ("Vaasland-Beveren").
Hujumchilar: Odemvinge ("Stok Siti"), Musa (CSKA), Ameobi ("Nyukasl"), Emenike ("Fenerbaxche"), Babantude ("Volin"), Moses ("Liverpul"), Nvofor ("Xerenven").
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar