JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Bosniya va Gercegovina
08 iyu 2014 17:46
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Bosniya va Gercegovina
Bosniya va Gercegovina ancha yosh terma jamoa hisoblanadi. Ular o'z tarixlarida birinchi bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylanishdi. So'nggi yillarda Bosniyada bir qator iqtidorli futbolchilar etishib chiqishmoqda. Terma jamoa o'yinlari ham yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Bosniya va Gercegovina sobiq Yugoslaviya davlatidan ajralib chiqqan. 1993 yilga kelib o'zlari rasman ilk o'yinlarini o'tkazishgan. FIFAning yangi azosi uchun 1993 - 2002 yillar jamoani shakkllanish davriga to'g'ri keladi. Ushbu yillar oralig'ida jamoa hech qanday natijalarga erisha olmagan. Yoki saralasha bosqichlarida jiddiy raqib sifatida qaralmagan. Bosniya va Gercegovina 2004 yilgi Evropa chempionatida ishtirok etishga juda yaqin kelgandi. Lekin saralasha bosqichi hal qiluvchi pallasida Norvegiya terma jamoasi Bosniyani mag'lub etadi va o'zlari Bosniya o'rniga Portgaliyaga yo'l olishadi.
Asta-sekin o'z natijalarini yaxshilab borayotgan Bosniya 2006 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ispaniyaga mag'lub bo'lishmaydi. Bu katta sensaciya tarzida qabul qilinadi. O'shanda Bosniya va Gercegovina guruhda uchinchi o'rin olib, Germaniyada o'tkazilgan mundialda ishtirok etishga yaqin qoladi.
SHundan so'ng Bosniya va Gercegovina terma jamoasi avlodlar almashuvi yuzaga keladi. Germaniya chempionatidan kashf etilgan Edin Jeko, Spaxich, Elver Raximich singari futbolchilar terma jamoa tarkibida o'z debyutlarini nishonlashadi. Keyinchalik ushbu futbolchilar Bosniyaning etakchi futbolchilariga aylanishadi.
Miroslav Blajevich jamoasi 2010 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishga yanada yaqin keladi. Bu safar ular guruhda ikkinchi pog'onani egallashadi va pley-off o'tish bosqichida Portugaliyaga imkoniyatni boy berib, o'z orzularini yana to'rt yilga kechiktirishlariga to'g'ri keladi.
Yildan-yilga kuchayib borayotgan jamoa nihoyat Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialga chiptani naqd qilishga erishadi. Bu safar ular o'z guruhlarida etakchilikni qo'lga olishib, barcha raqiblarini dog'da qoldirishadi va birinchi o'rin bilan to'g'ridan-to'g'ri Braziliyaga bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishadi.
Bosniya va Gercegovina terma jamoasining hozirgi avlodi ayni kuchli payti. Tarkibga nazar tashlasangiz, Edin Jeko, Salixovich, Ibishevich, Spaxich, Pyanich, Topich, Misimovich singari iqtidor sohiblariga ko'zingiz tushadi.
Bu terma jamoa o'z tarixida ilk bor xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Ular o'rin olgan "F" guruhida yaqool favorit bu Argentina terma jamoasi. Qolgan Nigeriya, Eron va Bosniya va Gercegovina jamoalari ikkinchi o'rin uchun kurash olib borishadi. Bosniya o'z tarixidagi ilk ishtirokidayoq Jahon chempionatining kuchli 16 terma jamoasi safiga kirish uchun ajoyib imkoniyatga ega va bu vazifasini bajarish ularni qo'lidan keladi.
Bosniya va Gercegovina terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1905
Mintaqasi: UEFA
Bosh murabbiy: Safet Sushich
Jamoa sardori: Emir Spaxich
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Zvezdan Misimovich (82 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: Edin Jeko (35 gol)
FIFA reytingidagi o'rni: 25
Ilk o'yin: Eron - Bosniya va Gercegovina 1:3 (1993 yil)
Eng yirik g'alabasi: Lixtenshteyn - Bosniya va Gercegovina 1:8 (2012 yil)
Eng yirik mag'lubiyati: Portugaliya - Bosniya va Gercegovina 6:2 (2011)
Bosniya va Gercegovina tarkibi:
Darvozabonlar: Asmir Begovich ("Stok Siti", Angliya), Yasmin Feyzich ("Aalen"), Asmir Avdukich ("Borac");
Himoyachilar: Emir Spaxich ("Bayer", Germaniya), Sead Kolashinac ("SHalke", Germaniya), Ermin Bichakchich ("Ayntraxt" B, Germaniya), Ognen Vranesh ("Elyazigspor", Turkiya), Toni Sunjich ("Zarya", Ukraina), Avdiya Vrshaevich ("Xayduk", Xorvatiya), Mensur Muydja ("Frayburg", Germaniya);
Yarim himoyachilar: Zvezdan Misimovich ("Guiju Renxen", Xitoy), Xaris Medunyanin ("Gaziantepspor", Turkiya), Miralem Pyanich ("Roma", Italiya), Seyad Salixovich ("Xoffenxaym", Germaniya), Senad Lulich ("Lacio", Italiya), Izet Xayrovich ("Galatasaroy", Turkiya), Seniyad Ibrichich ("Qaysari Erjiesspor", Turkiya), Edin Vishcha ("Istanbul BB", Turkiya), Tino Sushich ("Xayduk", Xorvatiya), Muhammad Beshich ("Ferencvarosh", Vengriya), Anel Xajich ("SHturm", Avstriya);
Hujumchilar: Edin Jeko ("Manchester Siti", Angliya), Vedad Ibishevich ("SHtutgart", Germaniya).
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar