JCH-2014. Gonduras - Ekvador. PREVYU
20 iyu 2014 15:54
Yangiliklar
JCH-2014. Gonduras - Ekvador. PREVYU
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining “E” guruhida 2-tur bahslari o'tkaziladi.
Gonduras Ekvadorga qarshi bahs olib borsa, Franciya SHveycariya bilan bellashadi.
Gonduras ham, Ekvador ham birinchi turda mag'lubiyatga uchrashdi. Gonduras Franciyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Ekvador ancha qiziqarli kechgan bahsda SHveycariyadan mag'lub bo'ldi.
JCH-2014. “E” guruhi. 2-tur
GONDURAS - EKVADOR
Kuritiba. “Arena Bayshada” stadioni
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Taxminiy tarkiblar
Gonduras: Valyadares - Bekeles, Bernardes, Figeroa, Isagirre - Bonek Garsiya, Garrido, Klaros, Espinosa - Kostli, Bengtson
Ekvador: Dominges - Paredes, Guagua, Eraso, V.Ayovi - A.Valensiya, Grueso, Noboa, Montero - E.Valensiya, Kaysedo
Jarohat olganlar: yo'q
Diskvalifikaciya: Palasios (Gonduras)
Bugun mag'lubiyatga uchragan jamoalar o'zaro masalani hal qilib olishadi. O'yindan oldin juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Gonduras terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Luis Suares avvalgi jahon birinchiligida Ekvadorni, hozirda Ekvadorni boshqarayotgan Reynaldo Rueda esa to'rt yil oldin Gondurasni boshqargan. SHunday ekan, har ikkala murabbiy bir-birlarining jamoasi haqida yaxshi malumotga egalar.
Avvalgi bahsda Franciya bilan kurash olib borgan Gonduras o'zidan yaxshi taassurot qoldirmadi. Jamoa ko'proq qo'pol va betayin o'yin ko'rsatishi bilan ajralib turdi. SHunga qaramay, 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Gonduras termasi ustozida yangi variantlarni sinab ko'rish uchun vaqt ko'p emas. Qolaversa, jamoa zaxira o'rindig'ida mahoratli futbolchilar deyarli yo'q hisobi. SHunday ekan, yangi kuchlardan kimni tushirish masalasi ham qiyin.
Gonduras safida bugungi uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli Palasios o'tkazib yuboradi, uning o'rnini Klaros egallashi kutilyapti. Markaziy himoyada to'p suradigan Bernardes jarohat olgandi, biroq uning ahvoli hozir tuzuk va bugungi bahsda qatnashishi mumkin. O'z navbatida Ekvador terma jamoasida ham muammolar bor. Garchi jamoa dastlabki turda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, bugungi bahsda Ekvadorga favorit sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, bosh murabbiy tarkibga unchalik o'zgartirish kiritmasa kerak.
Luis Suares (Gonduras termasi bosh murabbiyi):
“Biz jahon chempionatigacha uzoq yo'l bosib keldik. Braziliyaga kelish uchun murabbiylar shtabi va futbolchilar katta hajmdagi ishni amalga oshirishdi. SHunday ekan, bekordan bekorga musobaqadan chiqib ketishni istamaymiz”.
Reynaldo Rueda (Ekvador termasi bosh murabbiyi):
“Menda Gonduras terma jamoasidan iliq xotiralar qolgan. O'ylaymanki, bugun bahsdan keyin ham ular bilan yaxshi munosabatda bo'lib qolamiz. Ammo maydonda do'stlar bo'lmaydi, bu erda haqiqiy jang ketadi”.
O'zaro uchrashuvlar - 13 o'yin: +2=8-3 13:14
Oxirgi uchrashuv: 20.11.2013. Gonduras - Ekvador - 2:2 (Kostli 2ta - X.Ayovi, E.Valensiya)
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar