So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  28 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  7 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

JCH-2014. Gollandiya – Argentina. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Gollandiya – Argentina. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugun tunda yarim finalning ikkinchi o'yini o'tkaziladi.
San-Paulu shahrida joylashgan “Korintians” stadionida Gollandiya va Argentina o'zaro bahs olib boradi va o'yin yakunida ikkinchi finalchi nomi aniq bo'ladi. Braziliya - Germaniya bahsida nemislar yirik 7:1 hisobida g'alaba qozonib finalga yo'l olishdi. Endi bir savol qolyapti: musobaqaning oxirgi o'yinida ikkita Evropa jamoasi o'ynaydimi yoki Janubiy Amerika vakili bo'ladimi? Mana shu savolga javob topish uchun ko'pchilik o'yinni katta qiziqish bilan kuzatsa ajab emas.

Gollandiya haqida musobaqa davomida bir qator iliq fikrlar bildirildi. Jamoaning hujum chizig'i nihoyatda kuchli, yarim himoya va himoyada yulduz o'yinchilar harakat qilayotgani yo'q. SHunga qaramay, gollandlar o'ziga xos futbol spektakli namoyish etgan holda yarim finalga qadar etib kelishdi. Gollandiya guruh o'yinlarini ajoyib tarzda o'tkazdi. Robben bilan van Persi porladi. Lekin bundan ham muhimi, Gollandiya o'zining tezkor qarshi hujumlari bilan yodda qoldi.



Lekin pley-off bahslarida Gollandiya biroz muammoga duch keldi. Ular Meksikani oxirgi daqiqalarda arang mag'lub etishdi, Kosta-Rika bilan kechgan o'yin esa penaltilar seriyasiga qadar bordi va zaxira darvozaboni Tim Krulning topqirligi evaziga Gollandiya yarim finalga chiqdi. Endi esa finalgacha bir qadam qoldi: buning uchun Argentina to'sig'idan o'tish talab etiladi. Raqibidan farqli o'laroq Argentina o'z o'yini bilan hech kimni hayron qoldirgani yo'q. Biroq ular avvalgi beshta uchrashuvda g'alaba qozonishdi.

Umuman olganda, Argentina ko'rsatadigan futbol asosan Messining harakatlariga bog'liq. Agar Messining kayfiyati joyda bo'lsa, bu jamoani to'xtatish qiyin bo'ladi. Negaki aynan Messining xizmatlari evaziga Argentina terma jamoasi so'nggi 24 yil ichida birinchi bor yarim finalga etib keldi. Bugungi bahsni jarohati sabab Anxel Di Mariya o'tkazib yuboradi. Bu katta yo'qotish, albatta. Uning o'rnida Enco Peres o'ynaydigan bo'ldi. SHuningdek, Serxio Agueroning ham maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda, uning o'rniga Lavessi yoki Palasio o'ynasa kerak.



JCH-2014. Yarim final
GOLLANDIYA – ARGENTINA
Bosh hakam: Junayt CHaqir (Turkiya)

Taxminiy tarkiblar

Gollandiya: Silessen - de Vrey, Vlaar, Martins Indi - Kuyt, de Guzman, Veynaldum, Blind - Snayder - van Persi, Robben

Argentina: Romero - Sabaleta, Garay, Demikelis, Roxo - Peres, Maskerano, Gago - Messi - Aguero, Iguain

Jarohat olganlar: Di Mariya (Argentina)
So'roq ostida: de Yong, van Persi, Yanmaat (Gollandiya)



Lui van Gaal (Gollandiya termasi bosh murabbiyi):
“Biz Argentinadek kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Mashg'ulot paytida bir qator usullarni tekshirib chiqdik va o'ylaymizki, yarim final bahsida shu usullar yordam beradi. Biz yarim finalga tayyormiz”.

Alexandro Sabella (Argentina termasi bosh murabbiyi):
“Oradan 24 yil o'tib yarim finalga chiqdik. Bu ham yaxshi ko'rsatkich, lekin shuning o'zi bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Ko'ramiz, buyog'i nima bo'larkin”.

O'zaro o'yinlar: 8ta uchrashuv +4=3-1 13:6
JCHdagi o'yinlar: +2=1-1 7:3
Oxirgi bahs: 21.06.2006. Gollandiya - Argentina - 0:0

Qiziqarli faktlar
-   Argentina 1990 yildan beri ilk bor yarim finalga chiqdi.
-   Bu Argentina uchun to'rtinchi yarim final hisoblanadi va oldingi uchta yarim finaldan keyin jamoa finalga yo'l olgan.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика