JCH-2014. Germaniya durang o'ynadi yoxud Kloze Ronaldoga etib oldi
22 iyu 2014 02:19
Yangiliklar
JCH-2014. Germaniya durang o'ynadi yoxud Kloze Ronaldoga etib oldi
Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi ikkinchi turda Ganaga qarshi maydonga tushdi.
Bugungi bahsda ko'pchilik Germaniya osonlik bilan afrika vakilini taslim qilishini taxmin qilgandi. Biroq amalda bunday bo'lib chiqqani yo'q.
Bahsning birinchi bo'limida ikkala tomon ham deyarli teng o'yin ko'rsatishdi. Natijada hujumlar samarali yakunlangani yo'q.
Ikkinchi bo'lim boshida Gyotce jarima maydoni ichida to'pni bosh aralash tizza bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.
Oradan uch daqiqa o'tgach Andre Ayyu raqib himoyachilaridan balandroq sakrab boshi bilan Noyerni dog'da qoldirdi - 1:1. Gana bu bilan to'xtab qolgani yo'q. Biroz vaqt o'tgach Asamoa Gyan tezkor uyushtirilgan qarshi hujumdan so'ng jamoasini oldinga olib chiqdi - 1:2!
Germaniya bosh murabbiyi Yoaxim Lyov katta sahnaga chiqdi va birdaniga SHvaynshtayger va Klozeni maydonga tushurdi. Bu esa keyingi daqiqada o'z mevasini berdi. Mertesakerning uzatgan to'pini Kloze darvzaga to'g'rilab qo'ydi - 2:2. SHunday qilib Miro afsonaviy Ronaldoga JCH final bosqichlarida urilgan gollar borasida etib oldi. Ikkala futbolchi hisobida endi 15tadan gol mavjud.
CHiroyli, tezkor hujumlar ostida kechgan bahsga durangdan boshqa natija mos kelmasdi.
JCH-2014. “G” guruhi. 2-tur
GERMANIYA – GANA 2:2
Fortaleza. “Kastelan” stadioni
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)
Gollar: Gyotce 52, Kloze 72 - A.Ayyu 55, Asamoa Gyan 63
Germaniya: 1.Noyer, 20.Boateng (21.Mustafi, 46), 17.Mertesaker, 5.Xummels, 4.Xevedes, 16.Lam, 18.Kroos, 6.Xedira (7.SHvaynshtayger, 70), 8.Ozil, 19.Gyotce (11.Kloze, 70), 13.Myuller.
Gana: 16.Dauda, 3.Gyan, 7.Atsu (22.Vakaso, 74), 9.Kevin Princ Boateng (Jordan Ayyu, 52), 10.Andre Ayyu, 11.Muntari, 17.Rabiu (8.Badu, 78), 19.Mensa, 20.Asamoa, 21.Boye, 23.Afful.
Ogohlantirish: Muntari 90
Narzulla Saydullaev.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Germaniya | 2 | 1 | 1 | 0 | 6 - 2 | 4 | 4 |
2 | AQSH | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 - 1 | 1 | 3 |
3 | Gana | 2 | 0 | 1 | 1 | 3 - 4 | -1 | 1 |
4 | Portugaliya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 - 4 | -4 | 0 |
Narzulla Saydullaev.
Fikrlar