JCH-2014. Futbol haqiqiy erkaklar o'yini!
16 iyu 2014 14:15
Yangiliklar
JCH-2014. Futbol haqiqiy erkaklar o'yini!
Greciya terma jamoasi futbolchilari o'z yurtlari futbolini rivojlantirish uchun pley-offga chiqqanliklari uchun beriladigan mukofot pullaridan voz kechdilar
Boshidan yaxshigina zarba egan urugvaylik Alvaro Pareyra shifokorlarning qarshiligiga qaramasdan o'yinni ohirigacha davom ettirdi
Boshi yorilgan Dirk Kuyt Braziliyaga qarshi o'yinda ham maydonni tark etish haqida o'ylamadi. Natija yomon emas - u, bronza medali egasiga aylandi
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman darvozabon Farid Mondragonni maydonga tushirib, unga JCH tarixidagi yoshi eng katta futbolchi bo'lish imkonini yaratib berdi
Jordjo Kellini Suaresning diskvalifikaciyasi haqida eshitganidan so'ng, FIFAdan uning jazo muddatini kamaytirishni so'radi
Pablo Sabaleta yarim finalda labining yorilganiga qaramasdan o'z jamoasini tashlab qo'ymadi
Xaver Maskerano o'sha o'yinda Robben bilan to'qnashuvdan keyin hushidan ketib qoldi va bir ozdan so'ng yana o'ziga kelib o'yinni davom ettirdi
Final kuni Bastian SHvaynshtaygerning ahvoliga havas qilib bo'lmas edi. U g'alabaga bo'lgan irodasi sababli kurashlardan qochmadi va jamoasini g'alaba sari etaklay oldi
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar