Ingliz hakamlari VARdan so'ng o'z qarorini ommaga elon qilishni boshlaydi
31 dek 2024 01:37
Yangiliklar
Ingliz hakamlari VARdan so'ng o'z qarorini ommaga elon qilishni boshlaydi
Angliyada hakamlar VARga murojaat qilganidan so'ng qarorlarni hammaga elon qiladi.
Uchrashuv bosh hakamlari VAR monitoriga borganidan so'ng yoki "gol muallifining qo'li beixtiyor to'pga tekkani aniqlansa yoki hujumkor o'yinchining ofsayd holati kabi faktik belgilarni aniqlash asosida" o'z qarorlarini stadionda elon qiladi.
Ilk bora bu amaliyot Angliya liga Kubogi yarim finalida sinab ko'riladi. Sinovdan so'ng u APLda qo'llanilishi mumkin.
Angliyadagi hakamlik uchun masul organning takidlashicha, amaliyot "shaffoflik, jumladan, asosiy qarorlarni yanada aniqroq va tushunishni taminlashga qaratilgan kengroq majburiyatning bir qismidir".
Angliya Kubogi yarim finalida "Arsenal" "Nyukasl" bilan, "Tottenxem" esa "Liverpul" bilan to'qnash keladi. Uchrashuvlar 7 va 8 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar