U20 Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni "Paxtakor" bilan xayrlashdi
30 dek 2024 22:53
Yangiliklar


U20 Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni "Paxtakor" bilan xayrlashdi
Otabek Boymurodov "Paxtakor"ni tark etdi.
Bu haqda futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasida malum qildi.
"Hammasi uchun "Paxtakor"ga rahmat. Bu jamoa uchun doimo borimni berishga tayyor bo'lganman, ammo o'zgarishlar vaqti keldi" - deb yozdi Boymurodov suratiga izoh sifatida.
Eslatib o'tamiz, Otabek Boymurodov 2023 yilning bahorida O'zbekistonda o'tkazilgan U20 Osiyo Kubogida turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etilgan edi.
Narzulla Saydullaevning malum qilishicha, Boymurodov Superligaga qaytgan "Buxoro" safiga o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Zoʻr komandada zaxirada oʻtirgandan koʻra oʻrta komandada asosida tushaversin