A Seriya. "Roma" mehmonda "Milan" bilan durang o'ynadi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi
30 dek 2024 02:43
Yangiliklar
A Seriya. "Roma" mehmonda "Milan" bilan durang o'ynadi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi
Rimliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov 86-daqiqada Artyom Dovbikning o'rniga maydonga tushdi.
Eldor SHomurodovning 88-daqiqada bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Ammo, keyinroq hamyurtimiz o'yindan tashqari holatda qolgani malum bo'ldi.
O'zbekistonlik forvard 90+4 daqiqada milanliklardan to'pni olib qo'ydi va bir o'zi qarshi hujumga qochib ketdi. Ammo, mezbonlar o'yinchisi Matteo Gabbiya SHomurodovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
"Milan" — "Roma" 1:1
Gollar: 1:0 – 16 Reynders, 1:1 – 23 Dibala.
"Milan": Menyan, Teo, Tiav, Gabbiya, Emerson, Terrachchano (Bennaser, 46), Fofana, Ximenes, Reynders, CHukvueze (Abraxam, 62), Morata (Kamarda, 86).
"Roma": Svilar, Ndika, Xummels (CHelik, 46), Manchini, Pizilli, Dibala, Anxelino, Paredes, Kone (Pellegrini, 46), Salemakers (El-SHaaravi, 79), Dovbik (SHomurodov, 86).
Ogohlantirish: Kone (4), Xummels (13), Fonseka (40), Teo (43), Morata (44), Paredes (67), CHelik (71), Reynders (82), Gabbiya (90+4).
CHetlatish: Fonseka (43).
|
AC Milan Tijjani Reijnders - 16' |
Serie A . 18-tur 30/12/2024, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Roma Paulo Dybala - 23' |
Stadion: San Siro, 74283 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar