So’nggi yangiliklar

01:41Бундеслига. Кейннинг голи "Бавария"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  1 01:37Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса Шукуров жамоасини енга олмади  1 00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  41 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  14 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  32 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  4 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  11

JCH-2014. Braziliya – Germaniya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya – Germaniya. PREVYU

Bugun tunda Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatining dastlabki yarim finali o'tkaziladi.
Belu-Orizonte shahridagi “Mineyrao” stadionida mezbon Braziliya Evropaning kuchli jamoalaridan biri Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. Har ikkala jamoa og'ir yo'lni bosib o'tgan holda yarim finalga qadar etib keldi. O'zaro to'qnashuvdan keyin kim bilandir xayrlashamiz, yo Braziliya yo Germaniya bugun tunda bo'lib o'tadigan bahsdan so'ng musobaqani tark etadi. Kechirasiz, tark etadi emas, balki uchinchi o'rin uchun o'ynaydi, lekin bronza uchun kurashish ularning hech biriga yoqmasa kerak.

Aslini olganda, finalga chiqishga har ikkisi loyiq, biroq bu - futbol va unda g'olib bitta bo'ladi. Braziliya va Germaniya jahon chempionatida kimga qarshi to'p surmasin, doim favorit sifatida etirof etib kelingan. Lekin o'zaro o'yinda kim favorit? O'ylashimizcha, bu savolga javob berish oson emas.



Oxirgi kunlarda hamma bitta mavzuni muhokama qildi: Neymarning jarohati. Albatta, Neymarning maydonga tusha olmasligi Braziliya termasi uchun katta yo'qotish. Kolumbiya bilan kechgan bellashuvda jarohat olgan 10-raqam egasi bu o'yinni o'tkazib yuboradi. Luis Felipe Skolari Neymarga doim ishonch bildirib keldi va jamoa o'yinini uning atrofida qurdi. Endi Neymarsiz ular qanday harakat qilishadi? To'g'ri, “pentakampeonlar” safida yaxshi futbolchilar ko'p, lekin Neymarga o'xshagani faqat bitta edi.

Neymardan tashqari bu bahsni Tiago Silva ham o'tkazib yuboradi. Buni ham katta yo'qotish deyish mumkin. Katta ehtimol bilan Silvaning o'rnini himoya markazida Dante egallaydi. “Bavariya” futbolchisi uchun Germaniya termasining o'yin uslubi ham, futbolchilari ham tanish. Neymarning o'rnida esa Villian yoki Bernard harakat qiladi. Qolaversa, diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'lgan Luis Gustavo yana maydonga qaytadi. Skolari eksperimentlar qilmoqchi emas. U Fred bilan Xalkni baribir asosiy tarkibda tushiradi, shuningdek Maykon bilan Fernandino ham o'ynaydi.

Braziliyadan farqli o'laroq Germaniya terma jamoasida yo'qotish yo'q. Franciya bilan kechgan chorak final bahsida Yoaxim Lyov g'alati o'zgarishlarni amalga oshirdi. Nimagadir Mertezaker o'ynamadi, ammo uning o'rnida to'p surgan Boateng o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. SHuningdek, asosiy tarkibda Miroslav Kloze ham ko'rinish berdi, biroq u o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. SHunday ekan, bugun uni zaxirada ko'rsak kerak. Asosiy tarkibda esa odatdagidek Tomas Myuller o'ynaydi. Unga qanotda Gyoce yoki SHyurrle yordam beradi.



JCH-2014. Yarim final
BRAZILIYA - GERMANIYA
Bosh hakam. Marko Rodriges (Braziliya)

Taxminiy tarkiblar

Braziliya: Julio Sezar - Maykon, David Luis, Dante, Marselo - Luis Gustavo, Fernandino - Xalk, Oskar, Villian - Fred

Germaniya: Noyer - Lam, Boateng, Xummels, Xevedes - Xedira, SHvaynshtayger, Kroos - Ozil, Myuller, SHyurrle

Jarohat olganlar: Neymar - Mustafi
Diskvalifikaciya: Tiago Silva (Braziliya)

Luis Felipe Skolari (Braziliya termasi bosh murabbiyi):
“SHubhasiz, Neymar jamoamiz etakchisi edi va uning yo'qligi o'yinimizga katta tasir o'tkazadi. Lekin men bundan xavotirga tushayotganim yo'q. Bizda jahon chempioni bo'lish uchun salohiyat etarli”.

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Braziliya - kuchli raqib. Buni hamma biladi. Turnir boshlanmasidan oldin Braziliyani favorit deyishgandi, jamoa bu rolni yaxshi uddalab yarim finalga qadar etib keldi. Lekin buyog'iga bitta jamoa finalga chiqadi”.

Oxirgi uchrashuv: 10.08.2011. Germaniya - Braziliya 3:2 (SHvaynshtayger, Gyotce, SHyurrle - Robino, Neymar)



Qiziqarli faktlar
-   Har ikkala jamoa jahon chempionatlarida 100tadan ko'p o'yin o'tkazgan, lekin bungacha o'zaro faqat bir marta to'qnash kelishgan. JCH-2002 finalida Braziliya Germaniyani 2:0 hisobida mag'lub etgan.
-   Braziliya o'z maydonida 2002 yilning avgustidan beri mag'lubiyatga uchramayapti (42ta o'yin o'tkazgan).
-   Braziliya o'z tarixida faqat bir marta yarim finalda mag'lub bo'lgan, 1938 yilda.
-   Germaniya jahon chempionatlarida ketma-ket to'rtinchi marta yarim finalga chiqdi, bu musobaqa rekordi.
-   Germaniya qatorasiga 16 o'yindan beri yutqazmay kelmoqda.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика