So’nggi yangiliklar

10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  0 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  3 08:50Трансфермаркет. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  12 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  11 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1 07:11Винисиус "Реал" футболчилари билан ҳазиллашиб, Саудия Арабистони таклифини муҳокама қилди. Бразилиялик асосий эътиборини клубда ўйнашга қаратган, аммо ҳали келажаги борасида бир қарорга келмаган  4 03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  119 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  4 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  5 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  9 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0

Abduqodir Husanovga "Manchester Siti" muxlisidan maktub Yangiliklar

Abduqodir Husanovga "Manchester Siti" muxlisidan maktub

Tez orada o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

Manchester shahrida uch kundan beri yog'ingarchilik tinmayapti. SHahar ko'chalari huvillab qolgan, odamlar uylaridan chiqmay o'tirishibdi. Bir necha kilometrlar nariroqda "Etihad stadium" savlat to'kib turibdi. Yuqoridan razm solganda, stadion g'ildirakli konkiga o'xshab ketadi. Biroq havo harorati pasaygandan beri "g'ildiraklar" muzlab qolgan shekilli, sevimli jamoam oldinga harakat qila olmay qoldi. Moviy o'rindiqlar qarshisida moviy osmon ostida moviy rangli libosdagi futbolchilarning xursandchiliklarini tomosha qilish o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Ammo so'nggi paytlarda osmonimizni qora bulut qoplagandek go'yo. Qora bulutlarni bartaraf etib, moviy osmonimizni qaytaradigan qandaydir kuch kerak bizga.

Bizning ko'chada deyarli hamma uylar bir xil ko'rinishda — pishiq g'ishtdan qurilgan hamda ikki qavatdan iborat. Ko'cha boshida yashovchilar devor o'rniga bo'ta bilan uy atrofini o'rashgan. Ko'chamiz tor bo'lishiga hamda yo'l chetida mashinalar bo'lishiga qaramay, katta tirbandlik kuzatilmaydi. Mashinalar 20 kilometr tezlikda harakatlanadi, tor ko'cha va yaqin atrofimizda maktab joylashgani uchun tezlik chegaralangan.

To'rt devor orasida nima qilishni bilmasdan, yostig'imni quchoqlaganda, ijtimoiy tarmoqlarga sho'ng'iyman. Sevimli jamoam haqida xabarlar yod bo'lib kegan bo'lsa-da, baribir nimadir yangilik kutaveraman. So'nggi paytlarda bir nom diqqatimni tortdi: Husanov.

Husanov... Bu nom xayolimga o'rnashib qolgandi. Uning o'yinlarini YouTube'dan ko'rganman va uni afsonaviy film qahramoni Xalkka o'xshatganman – chaqqon, jasur, hattoki biroz qo'pol! Maydonda xuddi arslonday vajohatli harakat qiladi. Garchi uning qarshisida futbol o'ynayotgan bo'lmasam-da, dadil va shiddatli harakatlaridan videoni ko'rish davomida cho'chib ketib, telefonimni qo'limdan tushirib yubordim. Ehtimol, ko'z o'ngingizda Ramos gavdalangandir. Yo'q, u Ramoschalik jazavaga berilmaydi.


To'g'risi, avvaliga uning notanish ismi g'alati eshitildi. Ab-du-qo-dir... bu ism nima mano anglatishini bilmasdim. Lekin keyin... keyin uning o'yinlarini ko'rib, fikrim o'zgardi. Bu yigitda nimadir bor edi. U oddiy futbolchi emasdi. Unda o'zgacha bir ishtiyoq, o'zgacha bir kuch bor edi.  

Husanov Osiyoda joylashgan O'zbekiston degan mamlakatdan kelgan ekan. Rostini aytsam, O'zbekiston haqida deyarli hech narsa bilmasdim. Ko'pincha Afg'oniston yoki Pokiston bilan adashtirardim. Ammo o'smirlarimiz jahon chempionatida o'zbekistonliklarga yutqazib qo'ygach hamda ularning futbol jamoasi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgach, bu mamlakatga nisbatan qiziqishim oshdi.

Abduqodir Husanov deb aytishga tilim kelishmayotgan bo'lsa-da, tez orada ko'nikib ketsam, ajabmas. Har holda internetda to'g'ri yoza olaman. Mashhur insayder Fabricio Romano u ham shunchalik ko'p yozdiki, so'nggi marta faqatgina Mbappening "Real Madrid"ga transferi bilan shunday bo'lgandi. Otam esa ijtimoiy tarmoqlarga qiziqmaydi, goh-gohida ko'rsatkich barmog'ini burnining ustiga olib borib, ko'zoynagini to'g'rilagan holda haligacha gazeta mutolaa qiladi. Bazan menga sport yangiliklarini aytib qoladi, men bu xabarni allaqachon bilib ulgurganimga qaramay, uni ranjitmaslik maqsadida "Yo'g'-ey, chindanmi" deb qo'yaman. Otam ham futbol haqida mendan kam malumotga ega emas, haligacha almisoqdan qolgan, ammo uning uchun qadrdon bo'lgan hamda sevimli klubi futbolchilarining imzosi hamda ramzi tushirilgan sharfini elkasiga tashlagancha, stadionga borib turadi. Men gohida otam, gohida o'rtoqlarim bilan o'yinga tushaman.

Manchesterda hayot shiddat bilan, ammo o'ziga xos tartibda kechadi. Bu erda hamma narsa futbol atrofida aylanadi desam, mubolag'a bo'lmaydi. 

Ertalabdan odamlarning qo'lida gazeta, metro va avtobuslarda futbol haqida bahs-munozaralar avjiga chiqadi. Hattoki, itlarni sayr qildirib yurgan qariyalar ham kechagi o'yin haqida gaplashib, bir-birlari bilan bahslashishadi. Kimdir "Siti"ni, kimdir "Yunayted"ni maqtaydi.

Pablarda esa haqiqiy bayram bo'ladi! Muxlislar sevimli jamoalarining o'yinini katta ekranlarda tomosha qilib, pivo ichishadi, qo'shiqlar aytadi, baqirishadi, xullas, futbol zavqiga berilishadi. Bazida bu "bayramlar" yoqimsiz janjallar bilan yakunlanadi, lekin bu ham futbolga bo'lgan muhabbatning bir ko'rinishi desam mubolag'a bo'lmaydi.

Bir kuni do'stim bilan "Etihad Stadium" stadioniga bordik. Stadion turi vaqtida gid bizga qiziqarli voqeani so'zlab berdi: bir muxlis shunchalik futbolga mukkasidan ketganki, o'z to'yini stadionda o'tkazibdi! Kelin esa to'y libosi o'rniga "Siti" libosini kiyib kelibdi!

Manchesterda futbol nafaqat sport, balki hayot tarzi hamdir. Bu erda futbolsiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Men ham futbolga shunchalik qiziqib qolganmanki, har kuni ertalab uyg'onib, birinchi navbatda futbol yangiliklarini o'qiyman...

Aytgancha, Husanovning transferi haqida gap-so'zlar boshlangach, "Manchester Siti"ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari uning hammyurtlarining izohlari bilan to'lib-ketdi. Men hayratga ham tushdim: Xitoy va Hindistonda aholi soni nihoyatda ko'p ekanligini eshitganman, menimcha, Husanov yashayotgan yurt aholisi ham ancha-muncha ekan. Ularning izohlariga tushunmayman, ammo mamlakatining bayrog'i va qo'llab-quvvatlovchi smayllardan Abduqodirga omad tilayotganini anglayman.

"Tumanli Albion"ga xo'sh kelibsan, Abduqodir! Menimcha, sen ham sovuqni yoqtirmasang kerak, chunki yurtingizda havo harorati pasayishi bilan odamlar uylarida dam olish o'rniga tirikchilik ilinjida turnaqator navbatlarga turishar ekan. Biroq sen Franciyada yashading va Evropa ob-havosiga moslashding deb o'ylayman. 

Sen tufayli O'zbekiston degan mamlakatga qiziqishim oshdi, qachondir u erga sayohat qilaman degan umiddaman. Internet orqali O'zbekistonning tarixiy maskanlari va madaniyati haqida malumotlarga ega bo'lib, juda ijobiy taassurotlar oldim. O'ylaymanki, yurtingda sen kabi iqtidorli futbolchilar etarlicha.

Bir kuni sen bilan uchrashaman va moviy libosga bitgan dastxatingni qabul qilaman, degan umiddaman. Here we go!

P.S. Aytgancha, "paxta qo'yish" nima degani? Bu erda ko'pchilik uning manosini so'rashyapti. Jurnalistlar Husanovdan intervyu olganda, bu haqda, albatta, so'rashsa kerak deb o'ylayman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +61   

Fikrlar

+10   
11 jan 20:05:30
Abror_Tursunov
Metanga navbatga turishimizni bilib qolishibdi)))
+8   
11 jan 20:09:10
Tttt ttttt
Қишда турнақатор навбат ҳақида ёмон "едирибди" лекин
+5   
11 jan 20:52:24
Umarov Jurabek
Xusanovni futbolkasini sotuvga tayorlayapti Man City.
+3   
12 jan 15:54:23
Shovruq88
Shu Oqilbek Chempionat Aziyani yelkasida koʻtaeib turibdi
Istefodizga koʻz tegmasin!Siz asarlar yozing badiiy!Sizdek talantlar adabiyotimizda kam!Ishlarga omad Oqilbek!Maqola ham yahshi lekin tez eskirdi!Talantni yerga koʻmmang!Badiiy asarlarizi kutib qolamiz!
+3   
11 jan 21:14:27
VodiySoft
Kulurib ichelarim uzildiku, xD
+3   
11 jan 20:57:08
Umarov Jurabek
BUGUN UYIN BORKU ETIXADDA QANDAY BULARKAN
+3   
11 jan 20:48:50
Илхом Шодмонов
Узимизни журналистни "ижоди" бу англиялик мухлисники эмас.
+3   
11 jan 20:19:32
Real Madrid 07 07
Bu ozimizanikilani fantaziyasiku
+3   
11 jan 20:17:18
Barcamania_2016
Abror_Tursunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Metanga navbatga turishimizni bilib qolishibdi)))
Йиртиқ кроссофкани дунё кўрдиде ўзиям... )
+3   
11 jan 20:14:44
intilganga tòle yor
Yahshi "hikoya" bôlibdi.
+2   
11 jan 23:13:12
Маматов Муҳаммад
Эринмей охиргача ўқибман ўқиб бўлиб тушундимки эртанги кун ун метан қуйишим керелигини билдим
+2   
11 jan 22:29:15
Behzod Umedov
Bu transfer haqida, Abduqodir Husanov haqida kino olishsa ham arziydi bir kinoga yetgulik voqealar bo'lgan uning hayoti.
+2   
11 jan 21:49:22
Erling Xoland
Etixadni yangi qiroli kelyapdi kutib olinglar. Oʻziyam hammayoqni portlatvordiya ukamiz, hamma yerda u haqida yangiliklar. Keyingi navbat Abbosga umid qilaman uyam tez orada grand klubga oʻtadi nasb qilsa
+2   
11 jan 21:19:11
ERKIN FIKR
chunki yurtingizda havo harorati pasayishi bilan odamlar uylarida dam olish o'rniga tirikchilik ilinjida turnaqator navbatlarga turishar ekan---- Gʻayratakani ham tanishsa kerak bu angilikanchanlar????
+2   
11 jan 21:00:43
Олег Шацких 11
БИЗДА ЧЕМПИОНАТИММИЗ ХАР ТУРИДА ХАКАМЛАРНИ УЙИНИГА БАХО БЕРАДИГОН РОССИЯЛИК ЭКСПЕРТИММИЗ БОР (АСЛИ УЗБЕКИСТОНЛИК АММО РОССИНИ ЁКВОГАН))) БУЯМ АСЛИ УЗБЕКИСТОНЛИК АНГЛИЯНИ ЁКВОГАН МУХЛИС)))))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика