JCH-2014. Belgiya so'nggi daqiqalarda Rossiyani mag'lub etdi
22 iyu 2014 23:24
Yangiliklar
JCH-2014. Belgiya so'nggi daqiqalarda Rossiyani mag'lub etdi
Afsonaviy "Marakana" stadionida Belgiya va Rossiya terma jamoalari o'zaro kurash olib borishdi.
Ilk turda Belgiya Jazoir ustidan irodali g'alabaga erishgandi (2:1). Rossiya esa Janubiy Koreya bilan durang (1:1) o'ynagan edi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Dirs Mertensning zarbasi noaniq bo'ldi. Bo'lim so'nggida Aleksandr Kokorin raqib sardoridan qochib ketga olganida hisob ochilishi mumkin edi.
Belgiya asosan ko'proq hujum qildi, ammo uzoq vaqt yakuniy zarba aniq chiqqani yo'q. 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Andrey Eshenko qulay vaziyatga ega bo'ldi, lekin uning zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi.
84-daqiqada Eden Azarning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Oradan uch daqiqa o'tib Belgiya baribir o'z maqsadiga erishdi. Azar to'pni hujumdagi sherigi Divok Origiga tashlab berdi, yosh futbolchi aniq va kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi - 1:0.
Ushbu hisobni saqlab qolgan Mark Vilmots shogirdlari muddatdan oldin keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.
Belgiya – Rossiya 1:0
22 iyun. 21:00
Rio De Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
Yordamchi hakamlar: Mark Borsh (Germaniya), Stefan Lupp (Germaniya).
Zaxira hakami: Karlos Vera (Ekvador)
Gol: Origi (87)
Belgiya:
Kurtua, Alderveyreld, Kompani, van Byuyten, Vermalen (Vertongen, 31),
Vitsel, Fellaini, Mertens (Miralyas, 75), de Breyne, Azar, Lukaku (Origi, 57).
Rossiya:
Akinfeev, Kozlov (Eshenko, 62), V.Berezuckiy, Ignashevich, D.Kombarov,
SHatov (Zagoev, 83), Glushakov, Samedov (Kerjakov, 88), Kannunikov,
Kokorin, Fayzulin.
Ogohlantirish: Glushakov (38), Vitsel (55), Alderveyreld (74).
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Belgiya | 2 | 2 | 0 | 0 | 3 - 1 | 2 | 6 |
2 | Janubiy Koreya | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 - 1 | 0 | 1 |
3 | Rossiya | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 - 2 | -1 | 1 |
4 | Jazoir | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 - 2 | -1 | 0 |
Fikrlar