Janluka di Marcio: Macarri Interdan haydaldi, Manchini bosh murabbiy bo'ladi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2014, 16:17
Inter o'z bosh murabbiyi Valter Macarrini iste'foga chiqardi.
Endi klubni Roberto Manchini boshqaradi. U 2004-2008 yillarda neradzurrilar bosh murabbiyi bo'lgan.

49 yoshli murabbiy Milan klubi bilan 2,5 yillik shartnoma tuzadi. Manchinini Inter xo'jayini Erik Toxirning shaxsan o'zi tanladi.

Shunday qilib, Manchini klubga qaytganidan so'ng ilk uchrashuvni 23 noyabr kuni Milanga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru