Jamshid Hasanov: “Tajriba bobida ustunlik qildik”
20 fev 2014 17:42
Yangiliklar

Jamshid Hasanov: “Tajriba bobida ustunlik qildik”
Muborakning “Mashal” jamoasi 2014 yilgi PFL kubogini qo'lga kiritdi.
Hal qiluvchi bahsda g'alaba qozongan “gazchilar” safida eng faol harakat qilgan o'yinchilardan biri Jamshid Hasanov final borasida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
“PFL kubogini qo'lga kiritganimizdan bag'oyat mamnunman. Bugun ko'pgina imkoniyatlardan samarali foydalana olmaganimizga qaramay, g'alaba qozondik va bu yutuq bizga qo'shimcha ruh bag'ishlaydi.
Biz yangi mavsumga anchadan buyon tayyorlanib kelmoqdamiz, doimiy yig'inlar natijasida yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunib o'ynayapmiz. Bundan tashqari, tajriba borasida ham musobaqadagi raqiblardan ustun ekanligimiz bugungi o'yin natijasiga o'z tasirini ko'rsatdi”.

Fikrlar