Jahongir Jiyamurodov: "Bunyodkor" bilan mashg'ulot o'tkazdim degani bu klubga o'tdim degani emas"
17 dek 2013 22:06
Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Bunyodkor" bilan mashg'ulot o'tkazdim degani bu klubga o'tdim degani emas"
Jahongir Jiyamurodov o'zining "Bunyodkor"ga o'tgani borasidagi gap so'zlarga izoh berib o'tdi.
- Men "Nasaf"ni hali tark etganim yo'q. Hozirgi paytda Toshkent shahrida davolanayapman va to'g'risi bir vaqtning o'zida jismoniy mashqlar bilan mashg'ulman. Mening "Bunyodkor" jamoasiga o'tganim haqidagi gap-so'zlar ham asossiz. To'g'ri, men "Bunyodkor" jamoasi bazasida mashqlar o'tkazayapman, ammo bu meni "Bunyodkor" jamoasi azosiga aylandi degani emas. Menga "qaldirg'ochlar" tomonidan hattoki shartnoma ham taklif etilgani yo'q. Men va "Nasaf" klubi o'rtasidagi shartnoma muddati shu yilning 31 dekabrida rasman nihoyasiga etadi. Demak, men hamon "Nasaf" azosi hisoblanaman. SHuni muxlislarga etkazib qo'yishingizni istardimki, klub bilan rasman shartnoma muddatini o'zaytirish bo'yicha muzokara ham o'tkazganimiz yo'q. Meni Toshkentda davolanayotganim haqida jamoa shifokori xabardor, men u kishi bilan doimo sog'ligim va jismoniy holatim bo'yicha maslahatlashib turaman.
Kelasi mavsumda qaysi klubda faoliyat yuritishimni hozircha o'zim ham bilmayman. Ammo meni muxlislar to'g'ri tushunishlarini hohlardimki, men futbolchi sifatida maydonda harakat qilishni hohlayman, zahira o'rindig'ida qolib ketish har bir futbolchi uchun juda og'ir bo'lganidek, buni men ham hohlamagan bo'lardim. SHunday ekan, maboda mening mehnatim qadrdon jamoamga kerak bo'lsa, bunga doimo tayyorman, maboda kerak bo'lmasa, boshqa jamoa tanlashimga to'g'ri keladi. Buni to'g'ri qabul qilasizlar degan umiddaman, - deydi Jahongir Jiyamurodov.

Fikrlar