So’nggi yangiliklar

21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  46 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0

Jahon futbolining moliyaviy grandi - "Bavariya" Yangiliklar

Jahon futbolining moliyaviy grandi - "Bavariya"

Bir yilda ko'p pul ishlab topish bo'yicha etakchi bo'lmasa-da, Myunxenning “Bavariya” klubi eng ko'p foyda olish borasida jahondagi birinchi raqamli jamoa hisoblanadi.
Boshqa jamoalar qarzlarini to'lash bilan band bir paytda “FK Gollivud” hisob raqamida 100 mln evrodan ko'proq mablag' turadi. “Bavariya” futbol jamoalari faqat zararga ishlaydi degan qarashlarni yo'qqa chiqargan dastlabki klubdir. Oxirgi 20 yil ichida myunxenliklar yilni faqat foyda bilan yakunlashga muvaffaq bo'lishdi.

Myunxenliklar ishlab topayotgan pul miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. 2012 yil 368,4 million evro topgan “Bavariya” bu yil mablag' miqdorini 432,8 millionga etkazishga erishdi. O'sish 17 foizni tashkil qildi. Istalgan kompaniya uchun bu juda yaxshi raqam sanaladi. Ushbu yildagi sof foyda 22,5 million evrodan iborat bo'ldi. Yani, barcha xarajatlar va soliqlarni to'lashdan tashqari jamoa hisob raqami shuncha mablag' bilan boyidi. Myunxen jamoasi homiylik shartnomalaridan 100 million, atributkalar sotuvi hamda mukofot pullari orqali 83 million, translyaciyalar uchun televideniedan 100 million, o'yin kungi tushumlardan 150 million evro ishlab topdi.
“Bavariya” faqat futbol jamoasi emas. SHaxmat, gandbol, basketbol, gimnastika, bouling, stol tennisi, hakamlar tayyorlash maktabi va futbol klublariga 1100 nafardan ortiqroq azolar mavjud. Klub o'z stadioni, mashg'ulotlar markazi, tibbiy tiklanish markaziga ega. Evropaning qolgan etakchi jamoalari Germaniya grandiga faqat havas qilishlari mumkin. Stadionni ijaraga berish orqali ham klub malum miqdorda pul ishlab topadi. “Myunxen-1860” jamoasi “Alyanc Arena” stadionidan foydalanadi. Hozirda bu jamoa ikkinchi bundesligada o'ynayapti. Lekin “Bavariya” hamshahar klubdan foyda ko'rishnigina ko'zlamaydi. Bir necha yil avval “Myunxen-1860” iqtisodiy inqirozga tushgan bir vaqtda “Bavariya” ushbu jamoani tang vaziyatdan qutqarib qolgan. O'shanda talab qilingan bir necha million evroni hamshahar klubga sovg'a qilgan. Aks holda, Myunxenning ikkinchi jamoasi hozir umuman yo'q bo'lishi ham mumkin edi. “Bavariya” Dortmundning “Borussiya”sini ham shu yo'sinda qutqarib qolgan. O'shanda dortmundliklar qarzlarni to'lay olmagani tufayli bankrot deb elon qilinishlari zarur edi. Lekin talab qilingan 2 million evro miqdoridagi mablag'ni myunxenliklar o'tkazib berishgan. SHu voqea ro'y bermaganda biz hozirgi “Borussiya”ni ko'rmagan bo'lardik. “Bavariya”dan yordam olib, yopilib ketish xavfidan qutulgan yana bir jamoa Rostokning “Ganza” klubidir. Boshqa hech bir mamlakatda bunday hodisani kuzatmaganmiz.



“Bavariya” o'yin kungi tushumlardan 150 million evro ishlab topgan. Bir mavsumda myunxenliklar o'z maydonlarida taxminan 25 uchrashuv o'tkazishadi. Har bir uchrashuvda stadion ishqibozlar bilan to'ladi. Lekin chipta narxlari unchalik qimmat emas. Bu borada Myunxen klubi muxlislarga yon bergan. Klub vakillari hamisha ishqibozlardan “sog'in sigir” o'rnida foydalanmaslik kerakligini takidlab o'tishadi. Aytaylik, Angliyada “Manchester Yunayted”ning kubokda oddiy jamoa bilan to'qnashuviga chiptani eng kamida 50 dollarga xarid qilasiz. Germaniyada esa chempionatning markaziy o'yiniga chiptani bemalol 20 evroga topsa bo'ladi. Agar “Bavariya” chiptalar narxini ikki baravar oshirgan taqdirda ham baribir “Alyanc Arena” to'lishda davom etadi, biroq bu jamoa uchun muxlislarni mushkul ahvolga tushirib qo'ymaslik muhimroq sanaladi. O'yin kungi tushumlar miqdoriga stadionni ijaraga berish ham kiritilgan. SHuningdek, stadionga kelgan muxlislar atigi 7 evro evaziga kartochkani xarid qilib, egulik va ichimliklarni istemol qilishlari mumkin. Bu umumiy paket hisoblanadi. Angliyada esa faqat bir stakan choy yoki kofeni deyarli 4 evroga xarid qilasiz. SHundan ham ko'rinib turibdiki, myunxenliklar ishqibozlarga turli jabhalarda yon berib keladilar.

Bundesliga translyaciyalar huquqini sotish borasida kuchli beshlikda faqat Franciyadan oldinda xolos. Yani, topiladigan mablag' miqdori juda katta emas. “Bavariya” bundesliga va kubokdagi o'yinlarni qo'shib hisoblaganda 100 million evroga yaqin daromad ko'radi. Kelasi yillarda bundesliga jamoalari translyaciyalar huquqidan ko'proq pul olishadi. CHunki mavsumdan-mavsumga shartnomalardagi summalar miqdori ortib boryapti. CHunki oxirgi yillarda Germaniya klublari katta o'sishga erishdilar. Qolaversa, ECHLdan olinadigan pul miqdori o'sadi. Joriy yilda atributkalar sotuvi hamda turli musobaqalardan olingan mukofot pullari 83,5 million evroni tashkil qildi.

“Bavariya”ning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, jamoa homiylik shartnomalari tuzishda klub ananalariga rioya qiladi. Masalan, turli biznes sohalaridan faqat bittadan kompaniya bilan shartnoma imzolaydi. Boshqa jamoalarda bir sohaning o'zidan 2-3 kompaniyalar hamkor ekanligini ko'rish mumkin. Myunxenliklar uzoq yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan firmalar bilan katta bo'lmagan miqdordagi summalar evaziga shartnoma tuzishlari mumkin. SHu sababli “Bavariya”ning homiylik shartnomalaridan olayotgan daromadi 100 million evrodan iborat. Jamoa bu raqamni sezilarli darajada o'stirish salohiyatiga ega.

Klub boshqaruv tizimiga nazar tashlasak, uni muxlislar boshqarishini ko'ramiz. 81,8 foiz akciyalar 233 ming ishqibozga sotilgan. Bir paytda shuncha muxlis klub egalari sanaladi. Boshqacha aytganda, akciyalarning shuncha miqdoriga klub o'z ishqibozlari orqali egalik qiladi. 9,1 foizdan akciyalarga esa “Adidas” va “Audi” kompaniyalari xo'jayin sanaladi. “Adidas” 2002 yil 9,1 foiz akciyani 77 million evro evaziga xarid qilgan. Bu pullar “Alyanc Arena”ni barpo etishga sarflangan. “Audi” esa 2009 yil 90 million evroga o'z ulushini sotib olgan. Bu mablag'ni klub stadion qurish uchun ijaraga olingan maydonni sotib olishga sarflagan. Har ikki holatda klub tutgan uddaburonlikka qoyil qolsa arziydi.

Jamoa homiylar bilan uch paketda ish olib boradi. Asosiy, premium, classic. Asosiy hamkorlardan “Telekom” 40, “Adidas” 29 million evro to'lashi malum. Qolgan kompaniyalar bilan xizmat evaziga reklama yoki malum miqdordagi pul hisobiga reklama shartlariga amal qilinadi. Klub homiy va hamkorlari ro'yxati bilan tanishib oling.



Asosiy hamkorlar
Telekom – asosiy homiy, kompaniya nomi jamoa futbolkasiga joylashtirilgan
Audi – jamoa akciyadori va mashinalar etkazib berish bo'yicha hamkori
Adidas – jamoa akciyadori va sport mahsulotlari bo'yicha hamkori
Allianz – jamoa hamkori, stadion nomiga egalik qiladi
Premium hamkorlar
HypoVereinsBank – Germaniyada faoliyat ko'rsatuvchi bank
Imtech – Germaniyada texnik xizmatlar olib boruvchi kompaniya
Lufthansa – Germaniya aviakompaniyasi, jamoani har bir safar o'yiniga olib boradi
Man – yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniya
Paulaner – spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Samsung – elektrotexnika kompaniyasi, jamoaning texnik homiysi
Yingli Solar – energiya bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatuvchi
Bwin – totalizator xizmatlari ko'rsatuvchi kompaniya

Classic hamkorlar
Adelholzener
Bayern 3 Beer – Myunxendagi pivo ishlab chiqaruvchi kompaniya
Coca Cola – salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi
Ehrmann
Flyeralarm
Hublot – SHveycariyada soat ishlab chiqaruvchi kompaniya
Lego – o'yinchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Schaeffler – yoqilg'i mahsulotlari ishlab chiqaruvchi firma
Sir Oliver – kiyim-kechak ishlab chiqaradi
Schower
Siemens – texnik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
SPG – turli xizmatlar ko'rsatuvchi firma
Thomas Sabo
Viagogo – onlayn chiptalar savdosi bilan shug'ullanadi
MF - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi.

“Bavariya” har yili o'rtacha 23 foiz mablag'ni o'yin kungi tushumlardan ishlab topadi. Bu Evropaning boshqa etakchi klublari bilan solishtirganda unchalik yuqori raqam emas. Tik turib ko'riladigan sektorlarga mavsumiy chipta narxi 104 funtni tashkil etadi, 150 evro atrofida. Bunday narx Angliya, Ispaniya yoki Italiyaning etakchi klublari ishqibozlarini ajablantirishi mumkin. O'zbekiston valyutasiga o'giradigan bo'lsak, shunday sektorlarda bir o'yinni kuzatish o'rtacha 27 ming so'mga tushar ekan. Bu pul evaziga siz Noyer, Lam, Dante, Boateng, Kroos, Myuller, SHvaynshtayger, Robben, Riberi, Manjukich singari yulduzlar o'yinlaridan bahra olishingiz mumkin. Yoki “Bavariya”ning “Borussiya”, “Bayer” yoki “SHalke”ga qarshi uchrashuvlarini o'tirib ko'radigan sektorlarda 50-60 ming so'mga tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Oxirgi ikki mavsumda “Bavariya” tarkibini sezilarli tarzda kuchaytirdi. Bunda futbolchilarning o'ta qimmat narxidan ko'ra ularning jamoaga keltirgan foydasini alohida takidlash mumkin. Avvalgi mavsumda 90, joriy mavsumda esa 50 million evro ortiqroq mablag' yangi futbolchilarni xarid qilishga sarflandi. Xavi Martines, Dante, Noyer, Manjukich, Gyotce kabi yangi o'yinchilar jamoaga osonlikcha kirishib ketib, ulardan aksariyati avvalgi mavsum ECHL bosh sovriniga ega chiqishda katta yordam berishdi. SHu bilan birga jamoada yoshlar tizimi orqali asosiy tarkibga yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilarni etishtirib berish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Aynan shu jihat bo'yicha myunxenliklar katta miqdordagi mablag'ni iqtisod qilishadi, o'zlarida olib qolishadi. Lam, SHvaynshtayger, Myuller, Kroos, Alaba, Badshtuber asosiy tarkibga klub akademiyasida tarbiya olish orqali bosib o'tishgan. Ularning har biri bugungi kunda kamida 30 million evro atrofida narx bilan baholanadi. Germaniya futbolidagi bir jihat ham etiborimizni tortadi. Ushbu mamlakatda futbolchilar ancha arzon baholanadi. Aytaylik, Angliyada o'rtamiyona futbolchi 20 million evroga sotiladi.

Germaniyada esa o'sha futbolchidan 4 baravar kuchliroq o'yinchini bundan arzonroq narxga sotib olish mumkin. Bunga asosiy sabab Germaniyada klub akademiyalarining juda yaxshi ishlashida va mahalliy yoshlardan ko'plab iqtidorlarning etishib chiqishidir. Angliyada esa mahalliy o'yinchilar deyarli topilmas, kamyob insonlar toifasiga aylanib ulgurgan.



“Bavariya” futbol akademiyasiga yiliga 6,5 million dollar sarflaydi. Tizimda 185 nafar yoshlar tahsil olishadi. Murabbiylar, terapevtlar, doktorlar va xodimlar ularni doimiy ravishda kuzatib borishadi. Myunxenliklar akademiyasining foydali ish koefficenti oxirgi yillarda “Barselona” bilan bir miqdorda ishladi deyish mumkin. Asosiy tarkibga o'tgan futbolchilar soni borasida faqat “Ayaks”gina yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Amsterdamliklar bu borada jahondagi etakchi klub sanalishlari hech kimga sir emas.

Myunxenliklar 22 foiz mablag'ni teletranslyaciyalar orqali ishlab topishadi. Aynan ushbu mavsumda bundesliga yangi shartnomaga ega bo'ldi. Bu esa keyingi yil sarhisobini chiqarishda “Bavariya”da ko'riladigan foyda ko'proq bo'lishini anglatadi. Ushbu ko'rsatkich eng ko'p pul topayotgan jahondagi besh klub orasida eng past ko'rsatkich. SHunga qaramay, “Gollivud” klubining har yilni foyda bilan yakunlashiga bu holat xalal bermayapti. 55 foiz daromadni esa tijoriy faoliyat keltirmoqda. Bu erda homiylik shartnomalari bilan birga muxlislar orqali kelayotgan daromad ham kiritilgan. Merchandayzing orqali topilayotgan pul miqdori 60 million evroga etib bo'lgan. Reklama shartnomalaridan ko'rilgan foyda esa 10 million evroga ortdi.

“Bavariya” bilan shartnoma imzolashni xohlovchi firmalar soni endi yanada ko'payishi turgan gap. Jamoaning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlari kompaniyalarni bunga chorlamoqda. Qolaversa, “Bavariya” o'z mamlakatida yaqqol gegemon sanaladi. Eng uzog'i bilan 3 yil ichida avvalgi holatiga qaytib, chempionlikka erisha olishi shartnoma imzolash istagidagi kompaniyalarni o'ziga jalb qiladigan yana bir sabab hisoblanadi. Evropa futboli cho'qqisiga chiqqan “Bavariya”ni taxtdan tushirish hech bir klubga oson bo'lmasligi tabiiy. Moliyaviy taraflama esa hali beri hech bir klubga nasib etmaydi.

Agar imkoniyat bo'lganda o'zbek klublaridagi marketing va tijoriy faoliyat bo'yicha xodimlarni aynan Myunxen klubidagi ishlar bilan tanishish uchun yuborish juda foydali bo'lardi. Afsuski, bizda klublar marketing nima ekanligini hali to'liq anglab etishmagan. Bazi jamoalarda shunday xodimlar nomiga faoliyat yuritishadi xolos. Bu esa bizni faqat va faqat afsuslanishga undaydi. Klublarimizning aksariyati esa boqimanda bo'lib yurishda davom etishadi. Ular boshqacha yashay olishmaydi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика