So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  43 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

"Zenit"da omadi yurishmagan mashhur italiyalik bilan dildan suhbat Yangiliklar

"Zenit"da omadi yurishmagan mashhur italiyalik bilan dildan suhbat

Kecha "Yuventus" va Italiya termasining sobiq yarim himoyachisi faoliyatini tugatdi.

U instagramdagi shaxsiy sahifasiga post joylab, buning sabablarini yozishga qaror qili: 

"Men futbolchi bo'lishni orzu qilgan bolakayga vada bergandim. Maydonga chiqayotganimda ajabtovur bir his meni tark etmaguncha butsalarimni mixga ilmaslikka vada bergandim. Oxirgi oylar yuragim va aqlim o'zaro kelisholmay qoldi va men tushunib etdimki, so'zimning ustidan chiqmayapman. 

SHunday damlar bo'ladiki, to'xtab, yuragingizga quloq tutishingiz zarur. Hech narsadan afsuslanmayman, bunday bo'lishida oilamning alohida o'rni bor. Aynan ular meni kelajakka umid bilan boqishga o'rgatishdi. 

Rahmat senga, orzu! Sen menga juda ko'p narsa berding - kuch, omad, baxt va quvonch!"

Klaudio Turinda tavallud topgan, 7 yoshida esa "Yuventus" bolalar jamoasida to'p tepa boshlagan. U Turin klubi safida 389 o'yinda maydonga tushgan va 37 gol urgan hamda 43 assist qilishga erishgan. U "Keksa sinora" bilan etti marotaba Italiya chempioni bo'lgan. SHuningdek, u mamlakat Kubogiga ega chiqqan va 4 karra Superkubok g'olibi deb topilgan.

Klaudio o'tgan mavsum "Zenit"ga o'tib, 15 bahsda maydonga tushgan va 2ta gol urgandi. Aprelda tizzasidan olgan jarohati tufayli operaciya bo'ldi va 4-6 oygacha safdan chiqdi. O'yinchining uzoq muddatli tanaffusi tufayli klub xavbek bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Futbolchiga "Monako" va "Reyndjers" taklif bildirgandi, ammo Markizio ularga rad javobini berdi va faoliyatini yakunlashga qaror qildi. SHu munosabat bilan, uning hayoti, qiziqishlari, sevimli mashg'uloti, oilasi va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

Rossiyadagi hayoti

Markizio "Zenit" klubiga juda chiroyli kirib keldi: Peterburg 40 ming muxlisiga minnatdorchilik bildirdi, o'ninchi raqamli futbolkani Semak o'z qo'llari bilan unga topshirdi, farzandlari bilan stadion bo'ylab sayr qildi, "Kayrat"ga qarshi bahsda 10 daqiqa o'ynadi va Arshavin bilan quchoqlashdi. Piter hayratda: "Yuventus"ning kuchli yarim himoyachisi bilan chempionlik uchun kurashish har doimgidan ham yoqimliroq. Markizio ham xafa emasdi: tasirli xat yozib jonajon klubi bilan xayrlashdi va ko'p o'tmay yangi bir klubdan taklif oldi.

Futboldagi hayotida hamma narsa murakkab tus oldi: 15 o'yin (743 daqiqa = 8ta to'liq o'yin), ikkita gol (bittasi penaltidan) va mavsum oxiriga qadar Klaudioni safdan chiqishga majbur qilgan tizza jarohati. "Dinamo" va CSKA jamoalariga qarshi o'yinlardagi omadsizlikni Semak italiyalikning 4-3-3 sxemasiga bo'lgan muhabbati (bu sxema uchun "Zenit"da mos futbolchilar yo'q) va Klaudio deyarli butun faoliyatini bir mamlakat chempionatida o'tkazgani bilan izohlagan — "shuning uchun undan ko'p narsani talab qilolmaymiz".

Markizio oxirgi marta (2020 yil yozgacha "Zenit" bilan shartnomasi bor) 12 fevral kuni Istanbuldagi uchrashuvda maydonga tushgandi – "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda (0:1) atigi 6 daqiqa o'ynadi. O'shandan beri individual dastur bo'yicha shug'ullandi, muolaja qilindi ("Yuve"da 3 mavsum ichida 11 marotaba jarohatlandi) va aprel oxirlarida operaciya qilindi. Italiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, o'yinchi to'liq tuzalishi uchun kamida 3 oy vaqt kerak ekan: yani Markizio nafaqat chempionatni o'tkazib yuboradi, balki yozgi yig'inga qaytishi ham dargumon.

Biroq bu vaqt ichida Markizio uyda bekor o'tirgani yo'q: "Zenit"ning kiyimlar reklama roligida suratga tushdi, "Russkiy" muzeyida jurnalistlar bilan sayr qildi va suratlarni tahlil qildi (Klaudio muzeylarni yaxshi ko'rib qolgandi, sababi ular bilan o'zida birdamlik paydo bo'lganini his qilardi), Elizaveta Tuktamyshevaga Bekxem futbolkalarining hidi to'g'risida gapirib berardi. Instagramga ham tez-tez kirib turardi: Peterburg ko'chalarida mashinada sayr qilishi, kofe ichishi, rus qo'shiqlarini tinglashi, hattoki balkonda qor yog'ayotganini tomosha qilib turgan suratini ham shaxsiy sahifasiga joylab borardi.

Izohlarda Markizioning "joniga tegishardi": oson chempionatning kuchli klubiga kelib olgan, katta miqdorda maosh oladi (malumotlarga qaraganda, ikki yil uchun 13 mln evro), deyarli maydonga tushmaydi, bu ham etmagandek Peterburg ko'chalarida kofe ichib, muzeylarni aylanib, mazza qilib yashab yuribdi.

Albatta, RPL o'yinlarida kuchli Klaudio etishmayotgani yaqqol sezilib turadi, biroq jarohati bo'lgani uchun u "oq-qora rangdan iborat hayot"da yashashga majbur degani emas-ku?! Uning sevimli mashg'uloti boshqa futbolchilarnikidan tubdan farq qiladi. Markizio sanat, rassomchilik, iqlim o'zgarishi va modaga qiziqadi.

Yosh oshpazlar, qahva kompaniyasi va Peterburg bo'ylab sayr

– Ayolingiz "Torino"ga muxlislik qilar ekan, u bilan qanday til topishgansiz?
– Qaynotam "Torino"ning bolalar klubida o'ynagan va o'sha klubga muxlislik qilgan. SHu narsa uning qiziga ham o'tgan (kuladi). Biroq "Yuve"da o'ynagan kezlarim u men to'p tepgan jamoaga muxlislik qilgan. Uning oilasi ham bunga yaxshi munosabatda bo'lgan. Ular birinchi navbatda mening o'yinlarimni kuzatishardi. Faqat derbi kunlari emas, xa-xa-xa!

– Peterburgda nima sizni ajablantirdi?
– Restoranlar, kafe, strit-fud. Rossiyada oshpazlik sanati juda yaxshi rivojlangan. Eng ajablanarlisi, u erda yosh-yosh oshpazlar ishlashi bo'lgan. Ular hali ancha yosh bo'lishiga qaramay, taomlarni juda mazali qilib tayyorlay oladilar. Men bunaqasini ochig'i kutmagan edim. Bu erda italyancha taomlarni ajoyib tayyorlashadi. Bunaqasini hattoki Italiyadan ham topish qiyin. SHuningdek, Peterburgda rus milliy taomlarini pishiradigan yaxshi restoranlar ham juda ko'p. U erga asosan borsh ichish uchun kirib turaman.

– Sevimli pastangiz va unda nima bo'lishi shart?
– To'g'risini aytsam, pastani unchalik ham xush ko'rmayman, biroq eyman. Sababi, musobaqalar oldidan bu taom sportchilar uchun foydali hisoblanadi. Asosan eng oddiy usul bo'yicha uni tayyorlayman: pasta, zaytun moyi.

– Hayotdan zavqlanish deganda nimani tushunasiz?
– Baxt bu – yaqinlaringiz yoningizda ekanini bilib uyg'onish: oila, ota-ona, chin do'stlar. Baxt bu – yolg'iz qolmaslik.

– Sizni hozir hayotdan zavq olyapsiz deyish mumkinmi?
– Baxtliman deb ayta olaman: oilam bilan birga yashayman, sevimli ishim bilan shug'ullanaman, Italiyadagi futbolchilarga qaraganda, erkinroqman – Italiyada boshqacha: odamlar katta bosim o'tkazadi, muxlislar oldida masuliyat yuqori. Rossiyada ham jamoani qo'llab-quvvatlashadi, biroq o'yindan keyin hamma o'z uyiga ketib endi nima bo'lishi haqida o'ylaydi. Italiyadagi bahslar esa 90 daqiqa emas, naqd 6 kun (!) davom etadi – o'yindan keyin ham odamlar faqat futbol haqida o'ylab yuradilar.

– Peterburgdagi sayr-u sayohatingiz qanday kechmoqda?
– Bahorda Fontanka qirg'og'i bo'ylab piyoda sayr qilaman – dunyodagi eng chiroyli maskanlardan biri.

– Sizni tanib qolib, tinchgina sayr qilishga qo'ymaydigan vaqtlar ham bo'ladimi?
– Peterburg bu borada Turinga o'xshaydi: meni tanishadi, odamlar menga qarab jilmayib qo'yadi, bazida birga suratga tushishni so'rashadi. Ammo o'zlarini juda kamtar tutishadi. Moskva haqida bir nima deya olmayman, ammo Neapol, Rim va Milanda hammasi boshqacha... Sizni tanib qolishsa, darhol to'xtatib suhbatlashmoqchi, quchoqlamoqchi bo'lishadi. Hazillashib ham qo'yishadi: "A-a, sen "Yuve" o'yinchisisan-a?! Turindan?! Tanidim... Sizlar endi hech qachon g'alaba qozona olmaysizlar!". Biroq hech qachon sizni erga urib, mazax qilmaydilar. Peterburgda esa hammasi oddiy: bunday narsa bo'lmaydi, hech kim ortingizdan kuzatib yurmaydi. Yaqinda "Russkiy" muzeyi atrofida aylanib yurgandim. Bir guruh yigitlar meni tanishdi, ammo o'zlarini yaxshi tutib, shunchaki bosh qimirlatib so'rashishdi va o'z yo'llarida davom etaverdilar.

– Turindagi ideal sayr?
– Turin o't-o'lanlar bilan to'lgan, bog'larni juda yaxshi ko'raman. Eng sevimli joyim – "Del Valentino", bu parkka tez-tez borib turaman. Tatildaligimda esa u erga yugurishga chiqaman.

– Kechqurun "kunim ajoyib o'tdi" deya olish uchun nima qilish kerak?
– Yaxshi kafega kirish va yaxshi qahva olish kerak. Kofe italyanlar uchun juda muhim, biroq bu erdagilar ko'proq choy ichishni xush ko'rar ekan.

– Piter kafelarida qanday qahva ichishni yoqtirasiz?
– Odatda shakarsiz klassik espresso ichaman. Kuniga 5-6 finjon.

– Italiyaliklar nima uchun buncha ko'p qahva ichadilar?
– Buning tarixi uzun. Avvaliga bu shunchaki vaqtni birga o'tkazish uchun bahona bo'lgan: qo'shni yoki do'stlar birgalikda yig'ilib qahva damlab ichar edilar. Bu ularga yoqardi, keyin esa uning hididan zavqlanib o'tiradigan bo'lishgan. Yani bir-birlariga yaqinroq bo'lish, vaqtni birga o'tkazish uchun kofe zarur edi. Aynan shu narsa ananaga aylanib qolgan.

Markizio Ermitajda 5 soatlab aylanardi. Peterburgdagi uning eng sevimli eksponati – mamont!

– Peterburgdagi "Russkiy" muzeyidan tashqari yana qaysi muzeylar sizga yoqadi?
– "Ermitaj" va hayvon qoldiqlaridan tashkil topgan eksponatlar saqlanadigan muzeylar.

– Ko'proq nima yoqqan?
– Bilasizmi, ularning bari turlicha. Biri boshqasidan yaxshiroq deb aytolmayman.

– Qaysi eksponat yonida uzoq turib, undan bahra olgansiz?
– Eng yoqqani — mamont. Hech qaerda bunday narsani ko'rmagandim. Men hayvonlarni juda ham yaxshi ko'raman.

– Muzeylarda qanday aylanasiz: har bir surat, eksponat oldida uzoq qolib ketasizmi yoki zallarni tez-tez ko'zdan kechirib chiqasizmi?
– Avvalo, Rossiyadagi muzeylar juda katta. Italiyada ham yaxshi muzeylar ko'p, ammo u qadar katta emas. Aylanganimda yoqqan narsa oldida uni tomosha qilib juda uzoq vaqt qolib ketaman. Sanat asaridan nimadir qidirmayman, balki uni ko'rib zavqlanaman.

– Tahminan necha soat vaqtingizni muzeyda o'tkazasiz?
– Aniq nechadir soat emas. Qancha xohlasam va qanchalik yoqsa shuncha payt qolib ketaman. Sayyohlarga "Ermitajda 6-8 soat bo'lishingiz kerak" deyishadi. Bu noto'g'ri. Men u erga kirib, yarim soat, bir soat yoki olti soat ham aylanishim mumkin. Asosiysi, erkinlik bo'lsa bo'ldi.

– "Ermitaj"da tahminan qancha aylangansiz?
– Besh yarim soat.

– CHarchab qolmaganmisiz? Ko'pchilik toliqib qolgani, beli og'rigani, o'tirish uchun o'rindiq yo'qligidan noliydi.
– Ha, ancha charchaganman. Ishni kuzatish, tahlil qilish va buning uchun uzoq vaqt navbatda turish qiyin. Bunday katta muzeylarga borishdan avval barcha kerakli narsalaringizni o'zingiz bilan olishingiz darkor.

– Sizga yoqmagan muzey bormi?
– Turindagi zamonaviy sanat muzeyi.

– Qaysi muzeyga borishni orzu qilasiz?
– Unaqasi hali yo'q. Qaergadir borsam o'sha maskanning diqqatga sazovor joylariga qiziqib, borishga harakat qilaman.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика