So’nggi yangiliklar

19:20Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  47 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  1 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  4 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  8 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  7 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  21 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   6 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  6 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3

"Al Haldiya" bosh murabbiyi Ali Ashur: "Andijon" ushbu musobaqada gol o'tkazib yubormadi" Yangiliklar

"Al Haldiya" bosh murabbiyi Ali Ashur: "Andijon" ushbu musobaqada gol o'tkazib yubormadi"

OCHL 2 musobaqasi 3-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Al Haldiya" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda mehmonlar bosh murabbiyi Ali Ashur va futbolchi Dominik Mendi ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda Andijon xalqiga bizni iliq kutib olgani uchun rahmat aytaman. Bahraynga kelganingizda sizga ham xuddi shunday mehmondorchilik bilan javob beramiz degan umiddaman. Ertaga o'ta jiddiy raqib bilan to'qnash kelamiz. "Andijon" ushbu musobaqada hali gol o'tkazib yubormadi. Ajoyib jamoa va murabbiyga qarshi maydonga chiqamiz. Raqibimiz o'z muxlislari bilan ham tanilgan. Ertangi bahs biz uchun oson kechmaydi. O'z futbolchilarimga ishonaman, biz so'nggi ikki uchrashuvda yaxshi natijaga erisha oldik. Ertaga ham o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijaga erishamiz", - dedi Ali Ashur bosh murabbiyi.

"Andijonga tashrif buyurganimdan xursandman. Bosh murabbiyimiz barchasini aytib bo'ldi. Maqsadimizga erishish uchun shu erga keldik. Bosh murabbiyimizning ko'rsatmalarini bajaramiz", - dedi Dominik Mendi futbolchi.


- Ertaga "Al Haldiya" hujumkor o'yin ko'rsatishi mumkinmi?

- "Al Haldiya" Bahraynning eng katta klublaridan biri va asosan ko'proq hujumkor futbol namoyish etishga intiladi. Men ham hujumkor futbolni xush ko'raman, ammo safardagi o'yinlarda balansni ushlay olish kerak. Hujum va himoya o'rtasidagi muvozanatni his etish kerak. Biz o'zimizning kuchli jihatlarimizni bilamiz va raqibning kamchiliklaridan ham xabardormiz. Ertaga to'p bizda bo'lganda hujumga o'tishga harakat qilamiz, ammo "Andijon" ham hujumkor futbol o'ynaydigan jamoa. O'tgan uchrashuvlarda "Andijon" juda ko'plab vaziyatlar yarata olgan edi. Ertangi o'yin uslubimiz raqibga ham bog'liq bo'ladi.

- "Andijon" xalqaro maydonda debyut qilmoqda. Ushbu raqibni qanchalik o'rganib chiqa oldingiz?

- Jamoaning OCHLdagi ikkita o'yinini tomosha qildim. Shuningdek, mahalliy chempionatdagi bahslarini ko'rib chiqdim. Superligada raqibimiz 10 o'rinda bormoqda. Jamoa 32ta gol urgan va 39ta gol o'tkazib yuborgan, biroq OCHLda jamoa hali gol o'tkazmadi. "Andijon" ajoyib jamoa. Qirg'izistonlik darvozabon, 8 va 27 raqamli futbolchilar. Qanot himoyasida 3 va 13 raqamli futbolchilar tarkibda bo'ladi deb o'ylayapman. Men futbolchilarning ismini emas, raqamini eslab qolganman. Maydon markazida 26 raqam bo'ladi. Jamoa sardori menga yoqdi, 18 raqamli futbolchi. 22 raqam juda tezkor ekan va yaxshi krosslarni amalga oshirishini sezdim. Ismoil o'tgan o'yinda jarohat olgan edi, agar ertaga u maydonda bo'lsa, himoyachilarimizning ishi ko'payadi. Jamoa murabbiyi ham juda kuchli. Umuman olganda, ertaga juda qiyin o'yin bo'ladi.

Dominik Mendiga savol

- O'zbekistonda ob-havosi Bahrayn havosidan farq qiladi. O'zbekistondagi iqlim futbolchilarga qanday tasir qilishi mumkin?

- Murabbiylarimiz barchasini hisobga olishgan. Biz ertangi o'yinga tayyor bo'lamiz. Bunday ob-havoda oldin ham o'ynaganman, adashmasam, 2018 yilda yanvarda O'zbekistonga kelgan edim. Qishda Bahraynda ham shunday iqlim bo'ladi. Bunday ob-havo futbol o'ynash uchun qulay degan bo'lardim.

- Siz ancha hissiyotlarga beriladigan murabbiy ekansiz. Ertaga "Bobur Arena"da muxlislarga raqib jamoaga katta bosim o'tkazadi. Ushbu vaziyat bo'yicha fikr bildirib o'tsangiz...

- Men murabbiylikni boshlaganimdan beri hissiyotlarga berilaman. Men bunday xulqim orqali futbolchilarga ko'proq kuch berishga harakat qilaman. Muxlislarning ko'p bo'lishi shunchaki ajoyib. Biz Iroqda ham o'ynagandik, u erda 40 ming muxlislar bor edi. Eronda esa 70 ming muxlis. Futbolchilarim bunday atmosferada o'ynashni yoqtiradi deb o'ylayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
21 okt 21:39:58
STENLESS..R
ШШаскихга зур тариф берибди ажойибу гаройиб мураббий деб.
Андижон ОМАД галаба коззонишини тилаб коламан
   
22 okt 06:16:25
Муроджон Болтабойов
Андижонга омат тилайма.
   
21 okt 22:28:54
barselona7
Тўғри. Аммо гол урмади ҳамда.
-1   
21 okt 21:52:16
Мансур Исмаилов
Таржима нотўғрими дейман?! Аслида Андижон хали бирорта гол урмади деган))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика