Maksim Shackix: "Raqibni o'rganib chiqdik. Fikrimcha, "Al Haldiya" Qatar klubidan kuchliroq"
21 okt 19:02
Yangiliklar


Maksim Shackix: "Raqibni o'rganib chiqdik. Fikrimcha, "Al Haldiya" Qatar klubidan kuchliroq"
Anjumanda mezbonlardan bosh murabbiy Maksim Shackix va himoyachi Shahzod Azmiddinov ishtirok etdi.
"Hammaga xayrli kech. Uchrashuvga yomon tayyorlanmaganimizga ishonchim komil. Raqibni o'rganib chiqdik. Fikrimcha, bu Bahrayn klubi Qatar klubidan kuchliroq. "Al Haldiya" maydonda ishonchli o'yin ko'rsatadi, tezkor va jismoniy jihatdan kuchli, futbolchilari uzun va baquvvat. Ertangi bahsga shundan kelib chiqib tayyorlandik. Bizni qiziqarli uchrashuv kutmoqda. Umid qilamanki, o' zimiz ko'zlagan natijaga erishamiz.
Ertaga muxlislarni "Bobur Arena"da kutamiz. Bu bizga ishonch va kuch bag'ishlaydi", – dedi Shackix.
"Jamoamizda kayfiyat alo. Guruhdagi eng qiyin o'yinlarimizdan biri bo'ladi. Astoydil harakat qilib, "Bobur Arena"da 3 ochkoni qo'lga kiritamiz. "Al Haldiya"ning kuchli va kuchsiz jihatlarini o'rganib chiqdik. Muxlislarni stadionda kutib qolamiz. Xudo xohlasa, 3 ochko "Bobur Arena"da qoladi degan umiddaman", – dedi Azmiddinov.
- Oxirgi o'yinlarda himoyada muammolar borligi ko'rinmoqda. Jamoa "Sho'rtan" bilan o'yinda ham bir qator gollarni o'tkazib yubordi. Qisqa davr ichida bu muammo ustida ishladingizmi?
- Albatta, himoya ustida har kuni ishlaymiz. "Sho'rtan" bilan o'yinda taktik emas, texnik xatolarga yo'l qo'yildi. Barchamiz insonmiz va barchamiz xato qilamiz. Bu normal jarayon. Mashg'ulot jarayonida himoyaga ko'p urg'u qaratamiz. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvda xato qilmaymiz.
- Ismoil Akinadening holati qanaqa? Ertangi uchrashuvda qatnasha oladimi?
- U umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Umid qilamanki, ertangi bahsda qatnashadi. U boshlang'ich tarkibda bo'ladi yoki zaxiradan tushadi. Hozir anig'ini aytolmayman.
- Azmiddinovga savol. Bundan oldingi turda "Al Haldiya" g'alaba qozonib, guruh peshqadami bo'lib olgandi. Sizningcha, Bahrayn jamoasi tarkibidagi qaysi futbolchi xavfli ko'rinmoqda?
- O'yinlarini ko'rib chiqdik. Baquvvat futbolchilari talaygina. Oldingi chiziqda harakat qiladigan 99-raqamli futbolchisining bo'yi uzun va tez ekan. Uni to'xtatishga harakat qilamiz. Bundan tashqari, chap oyoqda o'ynaydigan 19-raqamli futbolchisi yaxshi paslar berib turishiga guvoh bo'ldik.
Futbolchilarimiz ham ruhan, ham jismonan bu bellashuvga tayyor. Xudo xohlasa, 3 ochkoga ega chiqishga urinamiz.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" – "Al Haldiya" bellashuvi ertaga "Bobur Arena"da o'tkaziladi. Uchrashuv 18:45 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Шацкихга ишонмайману лекин Андижан жамоасига ОЧЛга ОМАД ВА галаба тилайман.
Лекин шахкихда негадир кайфиятда емон
Лекин шахкихда негадир кайфиятда емон
Лекин шахкихда негадир кайфиятда емон
Лекин шахкихда негадир кайфиятда емон