So’nggi yangiliklar

09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  2 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1

Zayniddin Zidan: “Real” uchun hamisha chiroyli futbol muhim bo'lgan” Yangiliklar

Zayniddin Zidan: “Real” uchun hamisha chiroyli futbol muhim bo'lgan”

Teglar :  RealZidan
“Real”ning yangi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan “Santyago Bernabeu”da ilk matbuot anjumanida ishtirok etdi.


Unda sobiq futbol yulduzi jamoasi qanday o'ynashi va barcha futbolchilarning o'rni muhim ekanini takidladi.

- Futbolchilarga nima dedingiz?

- Birinchi so'zlarim ularga qaratildi. Bu men uchun juda muhim edi. Ularga yangi davr boshlanayotgani va oldimizda erishishimiz shart bo'lgan maqsadlar borligini aytdim.

- Qanday futbol namoyish etishga intilasiz?

- CHiroyli futbol hamisha “Real” uchun muhim bo'lgan. SHunga harakat qilaman: hujumkor va barqaror o'yin. Maydonda ishimizni yaxshiroq bajarishga urinamiz va mashg'ulotda diqqatini jamlagan va intiluvchan jamoani ko'rdim. Ular hamma narsadan qoniqishmoqda.

- Xames va Isko bilan bog'liq holat qanday bo'ladi? Ulardan foydalanasizmi?

- Birinchi o'rinda jamoada barcha muhim ekanligini takidlayman. Xames va Isko – ajoyib futbolchilar va ular jamoa uchun muhim. Barchasini qanday hal qilishimizni ko'ramiz.

- Hozir Gvardiola bilan taqqoslashlaridan qochish imkonsiz.

- U bilan meni taqqoslash kerak emas: u boshqa, men vazifani imkon qadar yaxshi uddalashga urinaman. Gvardiola amalga oshirayotgan ish g'aroyib, lekin o'zimni unga solishtirmayman. Futbolchilik paytimda ham u bilan o'zimni taqqoslamasdim, hozir ham shunday qolaman.

- “Undesimaorzumi yoki imkon bormi?

- Bu libosda hamma narsa mumkin va g'alabalar klub uchun o'ta muhim. Madridda asosiy maqsad barcha o'yinlarda yutish va CHempionlar ligasida zafar quchish. Hamisha shunday bo'lib qoladi.

- Tayinlanuvdan keyin boshingiz aylanib, ishni boshlashdan avval qo'rquv his etdingizmi?

- Hissiyot yaxshi bo'ldi. O'ylashimcha, hech qachon murabbiy bo'lishga tayyor bo'lmaysan, boz ustiga bunday saviyada murabbiylik qilsang. Men maqsadlarga erishishga shaylanganman va umid qilamanki, bu ijobiy natijalarga olib keladi.

- Jamoa bilan ishni iyuldan boshlash osonroq bo'larmidi?

- Ha, lekin yarim yil o'tib ketdi. Hozir bu erdaman. SHu sababli bu masala asosiy o'rinda emas.

- Siz Madridda juda mashhursiz. SHuning uchun sizga boshqa murabbiylarga nisbatan sabrliroq bo'lishadi.

- Bunday deb o'ylamayman. Murabbiyning maqsadi natijaga erishish. Mening holatimda ham shunday vazifa qo'yilgan. Bunda o'tmishda qanday o'ynaganimga etibor berilmaydi.

- “Kastilya”ning yosh futbolchilariga nisbatan munosabat bilan yulduz futbolchilarga munosabat o'rtasida qanday farq bo'ladi?

- Munosabat boshqacha bo'ladi, chunki ular tajribali futbolchilar. Lekin gapim bir xil: ish, o'yinlar va mashg'ulot vaqtida faollik.

- Jamoa bilan qanday munosabat qurishni xohlaysiz?

- O'yinchilarga yaqinroq bo'lib, yaxshi munosabatda bo'lish darkor. Jamoa uchun javob beraman. Men uchun hammasi yaxshi bo'lishi muhim.

- Qanday uslubda ishlaysiz? Mourino va Anchelottidan nimalarni o'rgandingiz?

- Men Mourino va Anchelotti bilan ishladim. Bundan tashqari, futbolchilik davrimda bir qator mutaxassislar bilan ishlaganman. Ulardan nimalardir o'rganganman. Ular tajribalari bilan yordam berishgan. Hozir esa o'zim istagandek murabbiy bo'lishim lozim. Barcha menga shuni gapirdi. Nimani xohlasang qil, biroq boshqa murabbiy qilganini emas.

- O'yinchilar mavsum o'rtasida murabbiy o'zgarishini qanday qabul qiladi?

- Futbolchilarni qo'llash zarur, ular yaxshi ishlashdi. O'zgarishlar ro'y berdi, lekin Benitesga hurmatni saqlash lozim. U yaxshi ish olib bordi va Rafaelga omad tilayman.

- Futbolchilarga qanday g'oyani etkazishni istaysiz?

- Umid va o'yinda biror narsaga erishish uchun intilish klubning doimiy xarakteriga aylanishi kerak. G'oyam esa himoyadan hujumga tezlik bilan o'tish va to'pni nazorat qilish.

- Jamoangizda qanday o'zgarish bo'ladi?

- O'zimdan nimadir qo'shishni xohlayman, uni hujumkorroq ko'rinishga keltirmoqchiman. O'yinchilar maydonda harakatlaridan huzur olishlari lozim. Futbolchilarga turli narsalarni o'rgatishim darkor.

- Siz xotirjam insonsiz. Endi jahonda eng mashhur klub murabbiyiga aylandingiz.

- Bu yangi rol va davrdir. Menda tayyorlanishga ko'p vaqt bo'lmadi. Oldimda qiyin vazifa turibdi, lekin bu meni ilhomlantirmoqda. Bu imkoniyatdan foydalanishim kerak. Hayot bunga imkon berdi. Eng yaxshi klubda sovrinlarga ega chiqishni xohlayman.

- Murabbiylar shtabidan kimlar joy oladi? Solari yordamchingiz bo'lishi haqida xabarlar tarqaldi.

- Men bilan 3-4 kishi ishlaydi, ular avval birga ishlashgan. Yangi yordamchi qidirmaymiz.

- Beyl, Benzema va Ronaldu tegib bo'lmas futbolchi ekanligini avvalgi murabbiylar aytishgan. Sizda ham ular o'ynaydimi?

- Ha, men har uch futbolchini maydonga tushirishni xohlayman.

- SHartnoma borasida gaplashdingizmi?

- Klub bilan yana ikki yarim yillik shartnomam mavjud. Hozircha barcha masalani gaplashib olmadik.

- Muxlislarga nima deyishni xohlagan bo'lardingiz?

- Eng muhimi – umid. “Real”da futbolni juda yaxshi tushunadigan va jamoani doim qo'llaydigan muxlislar bor. Ular jamoa bilan faxrlanishi uchun qo'limizdan kelgan barchasini ishga solamiz.

- Mavsum oxirida sizni nima qoniqtiradi?

- Barcha sovrinlarga ega chiqish: ikki musobaqani yutish imkoniyatiga egamiz.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика