So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  4 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  15 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

Zayniddin Tojiev: Yoshi kichraytirilganlarning umri qisqa bo'ladi Yangiliklar

Zayniddin Tojiev: Yoshi kichraytirilganlarning umri qisqa bo'ladi

O'zbek futbolida aka-uka Tojievlarning alohida o'rni bor.

Aka-ukalarning uch nafari hayotini futbol bilan bog'lagan. Kamoliddin ayni payt «Paxtakor» sharafini himoya qilyapti. Farhod bu yildan Pro-liga vakili Termizning «Surxon» jamoasida to'p surmoqda.

Zayniddin esa poytaxtimizdagi «CHig'atoy» sport bazasida joylashgan futbol bo'yicha Respublika sport mahoratini oshirish Oliy maktabida murabbiylik qilyapti. SHu yildan etiboran ushbu maktab qoshida «Yosh futbolchilar» guruhlari faoliyat yurita boshladi.

Futbol maktabida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan 2000-2010 yillarda tavallud topgan 150 nafarga yaqin bolalardan iborat jami 9ta guruh faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, u erda tajribali mutaxassislar, o'z vaqtida futbolchi sifatida yorqin iz qoldirgan Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov kabi yosh murabbiylar bolalarga millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgatishyapti.

Ular orasida bugungi suhbatdoshimiz Zayniddin Tojiev ham bor.

- Zayniddin aka, murabbiylik kasbiga kirishib ketdingiz. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Yo'q, albatta. CHunki futbolchilik faoliyatim davomida o'zimni shu sohaga tayyorlab borgandim. Tajribali murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Tabiiyki, ulardan o'sha paytning o'zida yon daftarchamga o'zim uchun kerakli deb topgan mashg'ulotlar sxemasini yozib borardim.

Bir kun kelib bu menga asqotishini bilardim. Aytmoqchi bo'lganim, murabbiylikka shunchaki kelib qolmadim. Buning uchun yillar davomida o'zimni tayyorladim. Futboldan boshqa sohada o'zimni tasavvur ham qila olmasdim.

- Bugungi kunda yosh bolalar bilan ishlayapsiz. Professional klublarda faoliyat yuritishdan oldin bu bosqichni ham bosib o'tay, dedingizmi yoki aynan bolalar bilan ishlashni afzalroq bildingizmi?

- Har ikkisini ham desa bo'ladi. Lekin ayni payt menga bolalar bilan ishlash ko'proq zavq beryapti, ularning dunyosi o'zgacha, birga mashg'ulot o'tkazsak, shunchaki, rohatlanaman. SHu bois ham o'zimni professional klublarga urmadim. Balki vaqti kelganida u erda ham ishlarman. Ammo hozirgi paytda faoliyatim bolalar bilan bog'langan.

- Yosh bolalar bilan ishlashning o'ziga yarasha murakkabliklari bor. Qiynalib qolmayapsizmi?

- Aslo. Yuqorida aytdim, menga ko'proq bolalar bilan ishlash yoqadi. Ha, masalan, bir guruhda o'n nafar bola shug'ullansa, ularning xarakteri o'n xil bo'ladi. Har biriga alohida yondashuv bilan munosabatda bo'lishingiz kerak. Kimgadir yarimta gapning o'zi etadi.

Boshqa bir bolaga bitta mash­g'ulotni tushuntirish uchun bir soat ham etmaydi. Qaysidir shogirdingizga yumshoqroq, boshqasiga qattiqroq gapirish kerak. SHunday bolalar borki, bitta mashqni ko'rsatib bersangiz, bir zumda o'zlashtirib oladi.

Ayrimlariga o'zlashtirib olish uchun bir necha kun kerak bo'ladi. Bazi bolalar sal qattiqroq gapirsangiz yig'lab yuborishadi. «Hali bola-da», deb qo'yamiz. Bir so'z bilan aytganda, bolalar bilan ishlash shaxsan men uchun juda maroqli.

- Ko'proq qaysi murabbiylarning ish uslubidan kelib chiqib ish olib boryapsiz?

- Futbolchilik faoliyatim davomida ko'plab tajribali murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Bu borada omadim chopgan. Yurgen Gyode, Valeriy Nepomnyashiy, o'zimiznikilardan Ravshan Haydarov, Viktor Jalilov singari mutaxassislardan ko'p narsa o'rgandim. Fursatdan foydalanib, ularga o'z tashakkurimni izhor qilaman. Bu murabbiylardan olgan bilimlarimni mana, bugungi kunda yosh avlodga berib kelyapman.

- Futbol maktabidagi mashg'ulotlar qanday yo'lga qo'yilgan?

- Har bir guruh bilan alohida murabbiy shug'ullanadi. Mashg'ulotlar ikkita tabiiy va bitta suniy qoplamali maydonda o'tkaziladi. Yaqin kunlarda standart hajmdagi suniy maydonimizga yangi, jahon andozalariga mos qoplama to'shab beriladi. Amaliy mashg'ulotlarimizdan tash­qari, nazariy darslarga ham alohida etibor qaratiladi.

Haftaning har yakshanbasi guruhlar o'rtasida nazorat uchrashuvlari o'tkazyapmiz. Katta guruhimizdagi futbolchilar shahar chempionatida ishtirok etishyapti. Guruhlarimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari futbol bilan bepul shug'ullanishmoqda.

Bilasizmi, hozirgi yoshlarga havas qilaman. Istalgan sport turi bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Biz to'p sura boshlagan paytlarda bugungidek yashil maydonlar, mana bunday chiroyli butsalar bo'lmagan. Lekin ana shunday holatda ham futbol bilan astoydil shug'ullanib, vaqt o'tishi bilan o'z oldimga qo'ygan maqsadlarimga erishib borganman.

Bolaligimda «Paxtakor»da o'ynashni orzu qilganman. Maqsadimga ortig'i bilan erishdim. Sevimli jamoam tarkibida chempion bo'ldim, kubok sohibiga aylandim. Milliy terma jamoada o'ynash nasib qildi. Har bir mashg'ulotimda bolalarga sharoitlarning qadriga etib, o'z ustilarida astoydil ishlashlari kerakligini uqtiraman.

- Yoshi kichraytirilgan futbolchilarga qarshi «kurash» boshlandi. Bu holatga qanday munosabat bildirasiz?

- Ko'pchilik qatori bu salbiy illatga qarshiman. Nima uchun hamma qatori degan jumlani ishlatmadim? CHunki bazi murabbiylar bunga xayrixoh bo'lishadi. O'zlari bevosita shu jarayonda ishtirok etishadi. Yoshi kichraytirilgan bolalarning futboldagi «umri» qisqa bo'ladi.

Nima uchun birdan porlab chiqib, bir zum o'tmay yo'q bo'lib qolishyapti? Inson fiziologiyasini aslo aldab bo'lmaydi. Bu o'ziga xos nayrang 17 yoshgacha ish berishi mumkin. Lekin undan keyin hammaning holati va mahorati bir xil bo'lib ketadi. Bunday paytda o'sha yoshi «urilgan» futbolchilar mahorat bobida qolganlardan ortda qola boshlashadi.

Bunga o'smirlar va yoshlar terma jamoamizdan ko'plab misollarni keltirish mumkin. O'sha bir paytlardagi jahon chempionatlarida porlagan, sovg'aga mashina olgan futbolchilarning aksariyati hozir qaysi klublarda o'ynashyapti? Ko'ryapsizmi, futbolni aldab bo'lmaydi, uning o'zi sizni aldab qo'yadi.

SHaxsan o'zimning murabbiylik faoliyatimda bu narsaga jiddiy etibor qaratganman. Bunga mutlaqo qarshiman. SHu erda ishlar ekanman, bunga yo'l qo'yib bermayman. Maktabimiz direktori Rustam Abdullaev ham shunday fikrda va bizni bu borada qo'llab-quvvatlayapti.

- Bazi ota-onalar o'g'li boshqa sport turiga qiziqsa ham farzandini futbolga olib keladi. Sizda ham shunday holatlar uchrab turadimi?

- Deyarli har kuni shu narsa bilan to'qnash kelaman. Fursatdan foydalanib, ota-onalardan farzandlarining qiziqishiga ham ozgina etibor berishlarini, kichkintoylarning gaplariga ham quloq tutishni so'ragan bo'lardim. Futboldan oldin suzish, sport gimnastikasi bilan malum muddat shug'ullantirishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Bu ikki sport turi juda foydali va keyinchalik futbolda ham yordam beradi. Birgina misol, Server Jeparov futbolga kelguniga qadar sport gimnastikasi bilan professional tarz­da shug'ullangan. Gimnastika bilan shug'ullangan bolalar uncha-bunchaga jarohat olavermaydilar. Suzish bilan shug'ullanganlardan shamollash kabi kasalliklar yiroq bo'ladi.

Aytmoqchi bo'lganim, mana shu ikki sport turidan boshlang'ich saboqni olgan bolalarning futbol bilan shug'ullanishi nisbatan osonroq kechadi.

- Futbolga layoqati bo'lmagan bolalarga shu narsani to'g'ri tushuntira olish ham murabbiydan mahorat va bilim talab etadi, shunday emasmi?

- Albatta. Bolaga shunday tushuntira bilish kerakki, u nafaqat futbol, balki boshqa sport turlaridan ham bezib qolmasligi lozim. Ota-onalar futbol bilan shug'ullansin, deb olib kelgan bolaning gavda tuzilishidan millionlar o'yinidan ko'ra kurashga yoki boksga layoqati ko'proq bo'lishi mumkin.

SHuni ota-ona va bolaning o'ziga to'g'ri etkaza olish muhim. Bunday holatlar o'zimning misolimda ham juda ko'p uchraydi. Bola futbolda bir oycha mashg'ulot o'tkazganidan keyin uning qaysi sport turiga qobiliyati borligi ko'zga tashlanib qoladi. Ota-onasiga yotig'i bilan tushuntiraman. Bazilar sizni tushunishadi, ayrimlari esa...

- Ichki chempionatimiz va tabiiyki, milliy terma jamoamizda ham hujumchilar muammosi yuzaga kelgan. Bu JCH-2018 saralash o'yinlarida ham ko'zga tashlanib qoldi. Sobiq hujumchi sifatida bu muammoning sababini nimalarda ko'ryapsiz?

- Superligamizning qaysi klubida alohida hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylar bor? Darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiylarni ko'ryapmiz. Boshqa chiziq vakillari bilan murabbiylar shtabi ishlaydi. Lekin hujumchilar bilan hech kim individual tarzda ish olib bormayapti-ku!

Bosh murabbiy futbolchilik davrida hujum chizig'ida o'ynagan bo'lsa yaxshi, o'zi nimalarnidir o'rgatadi. Ammo hamma murabbiylarga ham bunday tarif berib bo'lmaydi. Bo'lgan taqdirda ham alohida shug'ullana olmaydi. Jamoani o'yinga tayyorlaydimi, turli taktikalar ustida bosh qotiradimi yoki alohida hujumchi bilan shug'ullanadimi?

SHuning uchun, o'z oldiga jiddiy maqsad qo'ygan har bir jamoaning murabbiylar shtabida aynan hujumchilar bilan ishlaydigan mutaxassislar bo'lishi shart. SHunda bu muammolarga qisman bo'lsada barham berish mumkin. Milliy chempionatda tuzkuroq hujumchi bo'lmaganidan keyin terma jamoada qaerdan bo'lsin?!

O'ylab qaralsa, bu juda katta muammo. Oldinda bizni Osiyo kubogi-2019, qolaversa, JCH-2022 saralash musobaqalari kutmoqda. Qita chempionatiga oz muddat qoldi. Lekin keyingi mundialga chiqish tadorigini hozirdan ko'rmasak, yana o'sha eski «ashula»ni aytib yuraveramiz.

- Pepsi Superligani kuzatib bor­yapsizmi?

- Albatta. Taassurotlar har qachongidan ham yaxshiroq. CHempionat o'yinlari turdan-turga qizib boryapti. Har bir turda kutilmagan natijalar qayd etilyapti. Etakchi jamoalarimiz shu kungacha o'tkazilgan o'yinlarda katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. CHempionlik va sovrinli o'rinlar uchun kurash qanday kechishini hozirdanoq tasavvur qilyapman. SHu o'rinda Pro-ligadagi raqobat ham kuchayganini aytish o'rinli bo'lsa kerak. «Andijon», «SHo'rtan», «Surxon», «Dinamo», «Cementchi» kabi jamoalar o'rtasida Pepsi Superligaga beriladigan yo'llanmalar uchun jiddiy kurash kechyapti.

MA'LUMOT UCHUN

Zayniddin Faxriddinovich Tojiev ko'pchilikka «Paxtakor»dagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan. Tojievlarning to'n­g'ichi futboldagi professional faoliyatini 24 yoshida Toshkentning «Akademiya» jamoasida boshlagan.

«Paxtakor», «Esil Bogatir» (Qozog'iston), «Saba Batteri» (Eron), «Tyanjin Teda» (Xitoy), «SHo'rtan», «Ordabasi» (Qozog'iston), «Lokomotiv» (Toshkent), «Neft­chi» (Farg'ona), «Buxoro» (Buxoro) va «Dinamo» (Samarqand) jamoalarida faoliyat olib borgan. Tojiev O'zbekiston milliy terma jamoasida 18ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qilgan.

Hozirda poytaxtimizdagi «CHig'atoy» sport bazasida joylashgan Respublika futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish Oliy maktabida murabbiylik qilyapti.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasidan olindi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика