So’nggi yangiliklar

19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  0 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  2 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  4 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  24 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  5 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  0 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  29 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0 15:42Польша терма жамоаси бош мураббийи Левандовски билан можародан сўнг истеъфога чиқди  7 15:14"Ал Насср" Жон Дуранни майдон ташқарисидаги муаммолар туфайли ижарага бериши мумкин  0 14:45"Челси" тасвирий санъат асари услубидаги сафар либосини намойиш этди  8 14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0 13:19"Челси" КЖЧ учун қайдномасини эълон қилди  1 12:51Дунёнинг энг кучли футбол лигалари эълон қилинди. АПЛга қайси лига рақобатчи?  20

Zayniddin Tojiev kelajak yoshlar murabbiyi yoxud “FA Odil Ahmedov“-2008ning navbatdagi muvaffaqiyati Yangiliklar

Zayniddin Tojiev kelajak yoshlar murabbiyi yoxud “FA Odil Ahmedov“-2008ning navbatdagi muvaffaqiyati

2008 yillar o'rtasida bo'lib o'tgan “Nashe Budushhee“ musobaqasida qatnashib qaytgan “FA Odil Ahmedov“ uchun musobaqa katta maktab vazifasini o'tadi.

Rossiya va Evropa klublari ishtirok etmagan yozgi bosqichida 3-o'rinni qo'lga kiritgan Zayniddin Tojiev shogirdlari, bu safar mana shu natijani TOP klublar ishtirokida takrorlashiga biroz omad etishmadi.


Yanvar oyida Namanganda bo'lib o'tgan musobaqa finalida “Bunyodkor“ni mag'lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqqan Zayniddin Tojiev 3 yildan buyon yoshlar bilan ishlab kelyapti. 2017 yil Italiyada malaka oshirib qaytgan mutaxassis “FA Odil Ahmedov“ning 2008 yillar jamoasi ustozi sifatida, allaqachon Markaziy Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lib oldi. U 2018 yil O'zbekistonning barcha kuchli klublari ishtirok etadigan “Navro'z Kubogi“, “Amir Temur Kubogi“da bosh sovringa ega chiqdi, “Mustaqillik Kubogida“ finalda imkoniyatni boy berdi. “Lokobol“ musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritib, Rossiyada bo'lib o'tgan 2-bosqich finalida bitta to'p evaziga imkoniyatni boy bergan edi. Kuni kecha Zayniddin Tojiev va Jahongir Usmonov boshchiligidagi jamoa “Milan“, “Krasnodar“, “Rostov“, “Lokomotiv“, “Torpedo“ kabi jami 36ta klub ishtirok etgan musobaqada 4-o'rinni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning eng yaxshi himoyachisi - Fayzullaev Muhammadyusuf


36ta jamoa vakillari ishtirok etgan, musobaqa davomida o'tkazilgan konkurs g'olibi Abdujalilov Ismoil


“Krasnodar“ni tan olaman, umuman boshqa dunyo, “Milan“ O'zbekistondagi istalgan 2007 yillarda tavallud topgan jamoani mag'lubiyatga uchrata oladi. Ammo “Rostov“ bilan o'yindagi natija o'yinga mos bo'lmadi. 2 nafar asosiy tarkib futbolchimdan ettinchi o'yinda foydalana olmadim. Qolaversa, bu yoshda bosim kuchli bo'ladi va medal uchun o'ynaladigan bahslarda ortiqcha hayajon pand berdi. O'tkazib yuborgan uchcha golimiz ham oddiy xatolar natijasi. Muhimi bolalarimning potenciali yuqori. Keyingi musobaqaga yanada kuchli tayyorgarlik ko'ramiz“, — deydi Zayniddin Tojiev.

- Bilamiz, Siz O'zbekistonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lgansiz, nima uchun faoliyatni aynan bolalar futbolidan boshladingiz?

- Loyihaning ikki vakili, o'zimning ukalarim Odil va Nodirxo'ja meni qiziqtira olishdi. Futboldan chetladim deb o'ylagan edim. Lekin 2017 yil aprel oyida tushunib etdimki, yoshlar futboli, bu mening futbolim. Tarkib bo'yicha ham omadim chopganligini berkitmayman. Futbolchilar juda kuchli yig'ilgan. “Krasnodar“ skaut bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosarining shaxsan o'zi oldimga kelib, Toshkentga borgach aloqaga chiqishimni so'radi. Endi bu ish bilan klub shug'ullanadi.

- Nima deb o'ylaysiz, Prezident istayotganidek korrupciyasiz futbol tuzsa bo'ladimi?

- Bugungi finalni ko'rib bir narsani aytishim mumkin. Hamma “Milan“ni favorit sanadi. “Krasnodar“ futbolchilari ham jismonan, ham bo'y jihatidan ulardan ancha past edi. Lekin xarakter, murabbiyning mahorati va to'g'ri tayyorgarlik ko'rish strategiyasi bugun g'alaba qozondi. “Milan“ 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, ikkinchi bo'limda “Krasnodar“ tomonidan himoyaga qamab qo'yildi va ikkita gol. SHundan kelib chiqib ishonch bilan ayta olaman, bolalikdan yaxshi sifatdagi mashg'ulotlar va musobaqalarda qatnashib yursak, biz albatta korrupciyaga yo'l qo'ymagan holda marrani zabt eta olamiz!

- Bolalar futbolidagi asosiy muammo nimada?

- Muammo deb aytmagan bo'lardim, lekin iltimosim bor. Meni katta farzandim Xitoy tiliga boradi. Ikki qizim musiqa bilan shug'ullanadi. Lekin ularning ustozlariga borib, mana buni qil, mana buni o'rgat, mana bu narsa xato demayman. CHunki, tushunmayman ularning sohasini. Bolalar futbolidagi asosiy muammo shundaki, ota-onalar uyga borganidan keyin murabbiy ishini bolasi bilan tahlil qilishi, o'yinlarda ishga aralashishga harakat qilishi. Axir Siz shu sohani ustasi bo'lganingizda murabbiyga bormasdingizku, to'g'rimi? Futbolga qiziqish boshqa, uni tushunish boshqa. Bu bolalar futbolidagi asosiy muammo. Murabbiy va tarbiyalanuvchining o'rtasiga hech kim tushishi kerak emas. O'zingiz 2 km masofani to'xtovsiz yugurib ko'ring, bitta darvozaga poylab zarba berib ko'ring. Tinch qo'yish kerak bolalarni. Bu bizning klubga emas, butun o'zbek futboliga tegishli gap.

- Zayniddin aka Sizga omad va zafarlar tilaymiz, umid qilamiz 2008 yillar o'rtasida tuziladigan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan ham Osiyo chempionatida kamida 4-o'rinni qo'lga kiritib mundialga chiqasiz!


“Nashe Budushhee“-2020 o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o'rin: “Krasnodar“

2-o'rin: “Milan“

3-o'rin: “Rostov“

4-o'rin: “FA Odil Ahmedov“

5-o'rin: FSHM

6-o'rin: “Lokomotiv“ (Moskva)

7-o'rin: “FK Minsk“

8-o'rin: Pskov 747

9-o'rin: “Devyatka“

10-o'rin: “Dinamo“ (Varonej)

11-o'rin: “Torpedo“ (Moskva)

12-o'rin: RFSH-08

13-o'rin: “Akademiya Konopleva“

14-o'rin: “Akademiya Futbola“

15-o'rin: “SHaxtyor“ (Soligorsk)

16-o'rin: “Paxtakor“

17-o'rin: SSH-6

18-o'rin: Daugavpils

19-o'rin: SSHOR

20-o'rin: “Torpedo“

21-o'rin: KDYUSH Yunior

22-o'rin: “Supernova“

23-o'rin: “Dinamo“ (Minsk)

24-o'rin: BATE

25-o'rin: “Start“

26-o'rin: “Zorkiy“

27-o'rin: “Monolit“

28-o'rin: RFSH (B)

29-o'rin: “Tektstilshik“

30-o'rin: RCOR BGU

31-o'rin: “Metallurg“

32-o'rin: “Tornado“

33-o'rin: “Avangard“

34-o'rin: “Dmitrov“

35-o'rin: RCOR BGU (B)

36-o'rin: “Sparta“



Kamoliddin Alimov “Kelajak Yulduzlari“ ko'rsatuvi muallifi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика