So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

“Zangiota” klubi tuman sharafini munosib himoya qilmoqda + FOTO Yangiliklar

“Zangiota” klubi tuman sharafini munosib himoya qilmoqda + FOTO

Ikkinchi liga klublarida to'p tepayotgan futbolchilarini, ularning murabbiylarini Superligadagi kabi yaxshi bilishmasa-da, muxlislar ularning faoliyatlari bilan unchalik ham tanish bo'lmasa-da, lekin bu ligada ham istedodli futbolchilar bor.

Xususan, “Zangiota” futbol klubi tarkibidagi futbolchilarning Toshkent viloyati birinchililiklaridagi ishtirokini etirofga sazovor, deyish mumkin.

1995 yilda tashkil topgan klub o'sha yildan buyon ikkinchi liga o'yinlarida muntazam ishtirok etib keladi. 2015 yildan 2017 yilgacha biroz muddat Toshkent shahar ikkinchi liga o'yinlarida ishtirokini davom ettirgan klub jamoasi 2017 yili etakchilik qilib, kubokni qo'lga kiritgan. 

2018 yildan yana poytaxt viloyati chempionati jadvalidan o'rin olgan jamoa mavsumni beshinchi o'rin bilan yakunlagan bo'lsa, joriy yilda Bo'ka tumani va Bekobod shahridan keyin o'n oltita jamoa orasida uchinchi o'rinni band etib, bronza medali egalariga aylandi. 

Zangiota tuman hokimligining homiyligi ostida faoliyat ko'rsatayotgan klubning asosiy bazasi tuman bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli U. Musaev nomli futbol o'yingohi sanaladi va mashg'ulotlarni asosan ushbu stadionda olib boradi. 

Salim Razzoqov, Botirali Oripov (darvozabonlar), Xurshid Otaboev, Ravshan Oripov, Xayrulla Rixsiboev, Furqat Otaboev, Dilshod Yunusmatov, SHerzod Baxtiyorov, Mardon Jo'raxonov, SHerali Saidqosimov, G'ulom Halimtoev, Qahramon Muhammedov, Sardor Salimov, Kamol Nurmatov, Hayotmat Yunusmatov, SHerali Qodirov, Baxtiyor Ismatullaev, Baxtiyor Zokirov, SHavkat Yunusmatov, Komiljon Karimjonov, Odil Hamidov, Sardor Hamidullaev (yarim himoyachilar), Avaz Asilbekov, Ilyos Zufarov, G'ofir Halimtoev, Salohiddin Najimov, Diyor Muratov, Qodir Saydullaev, Bekzod SHukurov, SHukuriddin Abdulfayozov (hujumchilar) ayni paytda jamoa azolari sanalishadi. Jamoa bosh murabbiyi - Salohiddin Najimov. 

Tajribali murabbiy sanalagan S.Najimov 2015 yilda yordamchi murabbiylikdan ishni boshlagan bo'lsa, 2016 yildan jamoa bosh murabbiy sifatida ishlayapti. 

Bosh murabbiyning takidlashicha, Zangiota tuman hokimligi klub muammolarini hal etishda yaqindan yordam berib, homiylik qilib kelayotgan bo'lsa, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi (direktori Komiljon Odilov) jamoaning doimiy hamkori sanaladi. Hamkorlik esa selekciya ishlarida ijobiy tasir ko'rsatib, futbolda istedodi yuqori bo'lgan bolalarning katta futbol sari qadam tashlashiga zamin yaratadi. SHuningdek, tadbirkor Husniddin Halimovning ham jamoaga ko'rsatayotgan homiylik yordamidan futbolchilar doim mamnun.

Bir so'z bilan aytganda, “Zangiota” futbol klubining fidoyi jamoasi tuman shafarifini munosib himoya qilishlari uchun jamoatchilik asosida bo'lsada, ter to'kib, mehnat qiladi, mashg'ulotlarga zo'r berib, futbol maydonida bor mahoratlarini ishga solib, g'alaba sari intiladi. Kelasi yilgi mavsumda natijasini bundanda yuqori bo'lishini istagan jamoaga omad tilaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика