"Zaif va achinarli himoya" - Karrager "Arsenal" himoyachilari haqida
14 avg 2021 19:19
Yangiliklar
"Zaif va achinarli himoya" - Karrager "Arsenal" himoyachilari haqida
"Liverpul" sobiq sardori, hozirda teleekspert Jeymi Karrager "Arsenal" himoyasi haqida keskin fikrlarni bildirdi.
"Zaif va achinarli himoya. Erkaklar yosh bolalarga qarshi o'ynagandek tuyuldi", – dedi Karrager Sky Sports efirida.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APL 1-turida yuqori divizion debyutanti "Brentford"ga 0:2 hisobida yutqazdi.
"Kanonirlar" 2-turda "CHelsi"ga qarshi derbida qatnashadi. O'yin 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar