So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Zafar To'raev: "Hayotda va futbolda ikki xil insonman" Yangiliklar

Zafar To'raev: "Hayotda va futbolda ikki xil insonman"

Teglar :  Zafar To'raevMashal
"Mashal" o'tgan turni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoamizning birinchi goli muallifi Zafar To'raev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda ham uzoq kutgan g'alabamizga erishganimizdan xursandman.  Ligamizning eng kuchli jamoalaridan birini mag'lub etish bu katta kuch talab etadi.  Qarshi hujumdan o'ynashni istadik va maqsadimizga etdik.  Hozir chiroyli o'yindan ham ko'ra biz uchun ochkolar muhim edi.  Jamoadoshlarimiz bilan tushkun kayfiyatdan ertaroq chiqib ketsak,  qolgan uchrashuvlarni bundan ham yuqori kayfiyatda yakunlaymiz.  Ortda qolgan o'yinni unutgan holda ,  "Neftchi"ga qarshi jiddiy tayyorgarlikni boshladik" ,  - deydi Zafar To'raev.

- Zafar,  ushbu o'yindan so'ng OAVlarida katta tanqidga uchradingiz? Yani siz o'yin davomida jamoadosh futbolchingizga "Raqibni oyog'iga tep" deb baqirishingiz muxlislar eshitgan.  

Birinchi navbatdagi aytib o'tishim kerak.  Bizni jamoa uzoq vaqtdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.  Hamma asabiy va tushkun kayfiyatda.  Albatta bu o'yinga tasir o'tkazmasligi kerak edi.  Maydondan aynan shunday so'z ishlatganimni hatto o'zim ham aniq shunday deganman deb ayta olmayman.  Maydon va hayotning umuman bir biriga aloqasi yo'q.  Men har ikkisida ikki xil odamman.  Jamoadoshimga uni oyog'iga tep degan maqsadda emas ,  uni oyog'iga tashlan degan maqsadda aytganimni faqatgina jamoamizdagi futbolchilargina bilishi mumkin.  Maydon bu kurashdan iborat.  Kurash bo'lganda ham sog'lom kurash kerak deb o'ylayman.  SHu vaziyatda raqibni oyog'iga tep deb xato qilgan bo'lishim mumkin lekin hozir aynan SHavkat Salomov bilan kurishsam doimgidek munosabatda bo'lib qolaveraman.  Maydondagi his-tuyg'uni,  undagi vaziyatlarni tushuntirib berish juda qiyin.  Men maydondamanmi birinchi maqsadim g'alaba bo'ladi.  Bunda har qanday his-tuyg'u o'yin yakunigacha davom etadi.  

- Ertaga "Neftchi"ga qarshi muhim bahs oldidan futbolchilar qanday kayfiyatda?

Safardagi g'alabadan so'ng o'z maydonimizda ham g'alaba qozonish fursati etganini anglab turibmiz.  Juda og'ir uchrashuv bo'ladi.  Yaxshi natija ko'rsatish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.  Muxlislarimiz o'z maydonimizdagi g'alabani sog'inishgan.  Ularni xursand etish barcha futbolchilarni bosh maqsadidir.
 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика