So’nggi yangiliklar

14:10САфарда "Бунёдкор" меҳмони. Зейтуллаев нималар деди?  0 13:38"Реал" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини нишонга олди  4 13:01Ўртоқлик ўйини. “Қўқон-1912” Грузия жамоасини мағлуб этди  1 12:15Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум  4 11:48САфарда. ОКМК қандай тайёрланмоқда? Миржалол Қосимов ва Жавоҳир Илёсов билан интервью  0 11:20“Фламенго” "Ливерпуль” собиқ форвардини сотиб олмоқчи  0 10:55Расман: "Динамо" ПСЖ тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  12 10:48Андрей Шипилов: "Натижа биз учун яхши кўриниш олди, муҳим жиҳат нолга ўйнадик"  3 10:15"Олимпик-MobiUz" февраль ойида Марказий Осиё жамоаларига қарши назорат учрашуви ўтказади  1 09:52"Атлетико" Симеонега ўринбосар қидиришга киришди. Мураббий мавсум якунида жамоани тарк этиши мумкин  5 09:25Илҳом Мўминжонов: "Бубаня билан келишувга эришилди. Олдимизда Суперлигага чиқиш вазифаси турибди"  2 09:00Эшитдик-да! "Бухоро" собиқ футболчилари "Истиқлол"га ўтмоқда  3 08:35Санжар Шоаҳмедов "Металлург"да  1 08:05Маҳмуд Маҳамаджонов: "Андижон"га совринлар ютиш учун келдим"  11 07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1

Zafar Safaev: “Ortda qolgan mavsumdan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Zafar Safaev: “Ortda qolgan mavsumdan ko'nglim to'ldi”

Bu yilgi mavsum oliy ligamizda kashfiyotlardan biri bo'lgan Zafar Safaevni muxlislar u qadar yaxshi bilmasa kerak.

Sababi “Metallurg”ning 24 yoshli posboni joriy yildan boshlab elitada o'ynamoqda. Garchi oliy liga ilk mavsumi bo'lsada Safaev o'zidan yomon taassurot qoldirmadi deyish mumkin. Har xolda u 17ta o'yin o'tkazdi. Yaqinda Zafar bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Zafar, oliy ligada bu yildan o'ynay boshladingiz. To'g'risi, ko'pchilik siz haqida to'liq malumotga ega emas. SHu bois o'zingizni yordamingiz asosida bunga oydinlik kiritib olsak.  
- Kamina 1991 yilning 24 iyun kuni Toshkent shahrida tug'ulganman. Birinchi murabbiyim Krasnagorov Nikolay Vasilevich bo'ladi. Katta futbolga sobiq “Quruvchi” jamoasi orqali kirib kelganman. Keyinchalik “Bunyodkor”ning o'rinbosarlariga taklif etishgan.  

- “Metallurg”ga kelib qolishingiz qanday amalga oshgan?
- Ayni paytdagi klubimga kelishim esa shu yilning qishida amalga oshdi. Mamur Ikromov “Lokomotiv” safiga qo'shilganida. Men “Bunyodkor”da safida edim. Qishki yig'inda biz “Metallurg”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganmiz. Aftidan shu o'yinda o'zimni yaxshi tarafdan ko'rsatgan bo'lsam kerak. Keyin murabbiylar jamoaga taklif etgandi. Menimcha “Metallurg”ga o'tishimga shu omillar sabab bo'ldi.  


- Yil boshida jamoaning asosiy posboni Mamur Ikromov “Lokomotiv”ga ko'chib o'tgach, siz va Sultonovga asosiy tarkibga kirish uchun yo'l ochildi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta qo'shilaman, yo'l ochildi. Mamur Ikromovni tajribali darvozabon deb bilaman.

- Mavsum-2015 siz uchun qanday o'tdi deb o'ylaysiz? Plyus va minus jihatlarga to'xtalib o'tsangiz?
- Men uchun bu mavsum yaxshi o'tdi deya olaman. Salbiy holat yuz bermadi. Aksincha faqat ijobiy xolat bo'ldi.

- “Metallurg”da posbonlar bilan Alisher Ahmedov ishlamoqda. Ushbu mutaxassisning ish uslubi va u bilan ishlash sizga yoqadimi?
- Alisher Ahmedovning ish uslublari zo'r. Har bir mashg'ulotga yangilik kiritadi. SHu bois rang-barang deyish mumkin. Turli hil yangi mashqlarni qilamiz. Mashg'ulotlarda ko'pincha bir hillikdan qochadi. Bizga ham shunisi yaxshi. SHuning uchun bemalol aytamanki Alisher aka bilan ishlash menga yoqadi.

- Bu yil o'tkazib yuborgan gollaringizda qaysilarida ko'proq o'zingizni aybdor his etdingiz?
- “Navbahor”ga qarshi Bekobodda bo'lib o'tgan o'yinda hisob 1:2 bo'layotgan edi. Vaziyatlarning birida kerak emas xatoga yo'l qo'ydim. SHundan so'ng hisob 1:3 bo'ldi. Bu golda 100% mani xatoyim bo'ldi. Buni tan olaman.

- Bu yil jami 17ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol o'tkazib yubordinggiz. Ko'p emasmi?
- To'g'ri, bu mavsumda juda ham ko'p gol o'tkazib yubordim. Nasib qilsa keyingi yil gol o'tkazmaslikka xarakat qilaman.


- Garchi bu yil oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazgan bo'lsangizda, “Metallurg”ning asosiy posboniga aylana oldingiz. Bunga qanday va nimaning evaziga erishdingiz?
- Bizda asosiy yoki zaxira o'yinchisi degan tushuncha yo'q. Hammaga bir xil munosabatda qaraladi. Kim o'yinga yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'sha o'yinchi maydonga chiqadi.

- Kelasi yil sizni o'z safida ko'rishni istayotgan jamoalar bo'lyaptimi?
- Yashirmayman takliflar bor. Lekin kelasi yil xam “Metallurg”da qolmoqchiman. SHu bois bu haqda aytishdan naf yo'q.

- Bu yilgi mavsumda qaysi hamkasblaringizni o'yini sizga ko'proq yoqdi?
- Bu borada Murodjon Zuhurovni aytgan bo'lardim. “Bunyodkor” posboni bu yilgi mavsumda nazarimda juda yaxshi o'ynadi.

- O'zingiz ishtirok etgan o'yinlar orasida ko'proq qaysilarida qiynaldingiz?
- Eng ko'p qiynalgan o'yinim bu – Qarshida “Nasaf”ga karshi kechgan uchrashuvdir. Yodingizda bo'lsa o'shanda biz 1:0 hisobida g'alaba qozongandik.  

- Keyingi yil chempionatimizda xorijlik posbonlar ishtirok etmasligi rasman tasdiqlandi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Xorij darvozabonlarining chempionatimizda ishtirok etmasligi, menimcha hech qanday ahamiyatga ega emas. O'ylaymanki o'zimizning darvozabonlarimiz ham xorijliklardan sir qolishmaydi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика