Zaa "Kristal Pelas"dan ketishini malum qildi
05 iyu 2021 22:37
Yangiliklar
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaa klubni tark etmoqchi, deb yozmoqda "Times".
Manbaning xabariga ko'ra, 28 yoshli ivuarlik klub rahbariyatiga yangi mavsum uchun tayyorgarlik boshlanguniga qadar jamoani tark etishni istayotganini aytgan. Oldinroq unga "Tottenxem" va "Everton" qiziqish bildirgandi.
Zaa 2020/21 yilgi mavsumda "Kristal Pelas" tarkibida 31 uchrashuv o'tkazib, 11 ta gol urdi va 2 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 45 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
20:58
APL. "Man Yunayted" bu safar o'z uyida "Kristal Pelas"ga yutqazdi. Lisandro Martines jarohat oldi 15
Fikrlar