"Yuventus"ga "Chelsi" yetakchisi kerak

Mirjalol Normatov
25 mar 2019, 21:10
"Yuventus" "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kantega qiziqish bildirmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "keksa sinora" fransiyalik futbolchi Miralem Pyanichning o'rnida o'ynatishni rejalashtirishmoqda. Bosniyalik futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.

Kante bu mavsum "Chelsi" tarkibida 43 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi. "Transfermarkt" portali uni 100 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato